Bu yilgi aprel Özbekistonda yomğirli ob-havosi bilan ajralib turibdi. Aprel oyining boşidan boşlab to hozirgi kungaça respublikaning şimoliy tumanlari va Farğona vodiysidan taşqari mamlakat hududining katta qismida turli jadallikdagi yomğirli kunlar kuzatildi. Yoğinlar miqdori esa oylik me'yordan oşib ketdi, ba'zi kunlari esa bir neça soat davomida bir oylik yomğirning deyarli yarmi yoğib ötdi.
«Özgidromet»ning Kun.uz`ga bergan ma'lumotiga köra, bunday yomğirli ob-havoning sababi şundaki, deyarli butun oy davomida Özbekiston hududi ustida janubda hosil bölgan nam havo oqimlari Rossiyaning Yevropa hududidan kirib kelgan nisbatan sovuq havo oqimlari bilan doimiy ravişda qöşilib turdi. Havo oqimlarining bunday bir-biriga qöşilişi kuçli jala hosil bölişi uçun qulay şaroitlar yaratdi.
Aprel oyidagi bunday yoğinlarni anomal, ğayrioddiy hodisa deb bölmaydi, aprel yilning eng nam oylaridan biri hisoblanadi. Şunday bölsa ham bunday seryomğir aprel kamroq – 4-5 yilda 1 marta kuzatiladi.
2002 va 2009 yilning aprel oylari ham şunday yomğirli bölgan. Eng nam aprel Toşkentda 1990 yilda kuzatilgan. Öşanda bir oy davomida yoqqan yomğir deyarli 3 oylik me'yorni taşkil qilgan. Yarim oylik yoğinlar miqdori 1 kunning özida yoqqan.
Oxirgi kunlarda kuzatilgan, uzoq muddat davom etgan yomğirdan söng (10 kun atrofida), ayniqsa 19-apreldan 21-aprelgaça bölgan davrda, şuningdek 24 aprelda respublikamizda jala yomğirlari yoğib ötdi. Bugundan boşlab yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi va yaqin kunlarda bunday kuçli yomğirlar kutilmaydi.
Bu Kaspiy dengizi rayonlaridan kirib kelayotgan sovuq havo massalariga boğliq bölib, şu sababdan yoğingarçilik extimoli kam, lekin me'yordan ança past bölgan (10-12 dar.) nisbatan sovuq havo harorati kuzatiladi. Keçqurun harorat 5-8 daraja iliqqaça pasayadi, 25-27 aprelda kunduz kunlari 13-16 darajadan kötarilmaydi.
Sovuq havo massalarining ta'siri uzoq davom etmaydi, 3-4 kundan keyin sovuq havo respublikamizdan şarq tomonga siljişi va Turkmaniston tumanlaridan bizga issiq havo kirib keladi va bahorning quyoşli iliq kunlari boşlanadi. Harorat aprel oyi oxiri uçun xos bölgan me'yoriy körsatgiçlarga qaytadi va keçasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliqni taşkil qiladi. Oy oxirida yoğingarçilik böliş ehtimoli kam.
May oyida esa oylik örtaça havo harorati aprel haroratidan 6-8 darajaga yuqori. Oy davomida bahorga xos bölgan beqaror ob-havo şaroitlari kuzatilişi mumkin. Mayda ikki-tört martta sovuq va issiq havo oqimlarining almaşinişi kuzatiladi, bu davrlar 2 kundan, ba'zi hollarda 9-10 kungaça davom etişi mumkin.












