Fransiyalik sayyoh Jan-Jak Saven Atlantika okeanini boçkada suzib kesib ötdi, deb xabar berdi Frans Press agentligi sayyohning elektron maktubiga tayanib.

Avvalroq 72 yoşli erkak Kanar orollari tarkibiga kiruvçi El Yyerro orolidan suzişni boşlagani xabar qilingandi. Sayyoh uç oydan söng – 2019 yil martida Karib orollariga yetib borişni möljallagandi. U uzunligi uç, diametri ikki metr va oğirligi 450 kilogramm bölgan boçkada sayohatga otlangan.

"Oradan 122 kun va töqqiz soat ötgaç, men meridianni kesib ötdim, bu Karib dengizida ekanligimni bildiradi. Okeanni kesib ötiş nihoyasiga yetdi. Barçaga taşakkur", - deya iqtibos keltiradi agentlik Jan-Jak Savendan.

Foto: AFP 2019 /Georges Gobet

U boçkani tark etiş uçun port topmoqçi ekanligini, ayni paytda "Florida yönalişida suzayotganini" ma'lum qilgan.  

Sayyoh kelgucida La-Manş böğozidan suzib ötmoqçiligini bildirgan.