Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligida markaziy apparat va respublikaning barça hududlaridagi içki işlar organlari rahbarlari iştirokida joriy yilning birinçi çoragida jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlaş borasida amalga oşirilgan işlar, yöl qöyilgan kamçiliklar va kelgusi vazifalar tahliliga bağişlangan hay'at yiğilişi videoselektor tarzida bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, hay'at yiğilişini Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri, general-leytenant Pölat Bobojonov oçdi va olib bordi.
Yiğilişda ta'kidlanganidek, 2019 yilning uç oyi davomida respublika hududida ötgan yilning şu davriga nisbatan barça jinoyatlar 31,6 foizga, jinoyat-qidiruv yönalişida sodir etilgan jinoyatlar 40,8 foizga kamayişiga erişildi. Şuningdek, 78 foiz mahallada umuman jinoyat sodir etilişiga yöl qöyilmadi.
Hay'at yiğilişda ötgan vaqt davomida respublikada muayyan natijalar qölga kiritilganiga qaramasdan, ayrim hududlarda jinoyatlarni barvaqt oldini olişda kuzatilayotgan kamçiliklar tanqid qilindi.

Jinoyatlarning ba'zi turlari böyiça ösiş kuzatilgan viloyatlar, şahar va tuman içki işlar organlari rahbarlarining hisobotlari tinglandi hamda bir qator rahbarlar kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan ogohlantirildi.
Yiğilişda, şuningdek, kelgusida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, jinoyatçilikka nisbatan murosasizlik muhitini şakllantiriş, aholining eng muhim muammolarini hal qiliş orqali ularning işonçini oqlaş zarurligi alohida ta'kidlandi.
Yuqori natijalarga erişgan hududlar tajribasidan örnak oliş, ularning iş uslublarini joylarga tatbiq qiliş, innovatsion texnologiyalardan keng foydalaniş böyiça tegişli körsatmalar berildi.
Hay'at yiğilişi yakunida bajarilişi lozim bölgan işlar qizğin muhokama qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi, deyiladi xabarda.












