Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga kelib tuşgan, “SHERIS RENT GROUP” MÇJning nohalol raqobat holati böyiça iş qözğatiş söralgan murojaatiga binoan uşbu kompaniya qonunçilikda belgilangan tartibda Tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatori böyiça 29-sinfga mansub mahsulotlarga (kolbasa mahsulotlari) tovar belgilarini röyxatdan ötkazgan.
Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi matbuot xizmati xabariga köra, ikkita MÇJ va bitta XK tomonidan işlab çiqarilayotgan va sotilayotgan kolbasa mahsulotlarining öramida “SHERIS RENT GROUP” tovar belgilariga adaştirib yuboriş darajasida aynan öxşaş bölgan belgilardan foydalanganliklari ma'lum bölgan.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk Agentligi ma'lumotiga köra, ikkita MÇJ va bitta XK öz mahsulotlarida foydalanayotgan belgilarni röyxatdan ötkaziş uçun Agentlikka murojaat qilmaganlar. Körsatilgan taşkilotlarning mahsulotlaridagi belgilar böyiça ötkazilgan qiyoslov tahliliga köra, ular “SHERIS RENT GROUP” MÇJ tovar belgilariga adaştirib yuboriş darajasida bir xil ekanligi aniqlangan.
Özbekiston Respublikasi “Raqobat töğrisida”gi Qonunining 13-moddasi birinçi qismi, uçinçi xatboşisiga köra yuridik şaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglaştirilgan individuallaştiriş vositalaridan, tovarni individuallaştiriş vositalaridan qonunga xilof ravişda foydalanilgan holda tovarni realizatsiya qiliş, şu jumladan tovarni xöjalik yurituvçi sub'yektning (raqobatçining) tovar belgisiga, firma nomiga öxşaş bölgan yoxud adaştirib yuboriş darajasida u bilan öxşaş bölgan belgidan uni tovarlarda, etiketkalarda, örovlarda joylaştiriş yöli bilan yoki sotilayotgan yoxud fuqarolik muomalasiga özgaça tarzda kiritilayotgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boşqaça tarzda foydalaniş yöli bilan, şuningdek uşbu belgidan domen nomida foydalaniş orqali qonunga xilof ravişda savdoni amalga oşiriş taqiqlanişi belgilab qöyilgan.
Qayd etilganlarga asosan, qömita tomonidan MÇJlar va XKga nisbatan Özbekiston Respublikasi “Raqobat töğrisida”gi Qonunining 13-moddasi birinçi qismi, uçinçi xatboşisi talablarini buzilişi belgilari böyiça iş qözğatildi.
Örganişlar natijasida, uşbu talablar buzilgan deb topildi va ularga “SHERIS RENT GROUP” MÇJga tegişli bölgan tovar belgilariga adaştirib yuboriş darajasida öxşaş bölgan belgilardan foydalanib kolbasa mahsulotlarini işlab çiqarişni töxtatiş, uşbu belgilar tuşirilgan kolbasa mahsulotlari öramini yöq qiliş va kelgusida bunday qonunbuziliş holatiga yöl qöymaslik töğrisida körsatmalar berildi, deyiladi xabarda.












