UzAuto Motors özining eng xaridorgir mahsuloti – Cobalt avtomobili işlab çiqarişni köpaytirdi, lekin bu modelning içki bozordagi sotuvlarida sezilarli qisqariş kuzatilmoqda.
Statistika qömitasi ma’lumotiga köra, 2026-yilning birinçi yarim yilligida 82 951 ta Cobalt işlab çiqarilgan. Bu – ötgan yilning mos davridagi körsatkiçdan 9,8 mingtaga yoki 13,5 foizga köp:

Şu bilan birga, “Özavtosanoat” taqdim etgan sotuvlar statistikasiga qaraganda, joriy yil birinçi yarmida UzAuto Motors içki bozorda 40 936 ta Cobalt sotgan. Bu – yuqorida keltirilgan işlab çiqariş hajmining bor-yöği 49 foizini taşkil etadi. Qolgan hajm eksportga yönaltirilgan va/yoki omborlarda öz xaridorini kutayotgan bölişi mumkin.

Sotuvlar hajmini ötgan yilning birinçi yarmi bilan taqqoslaganda, joriy yilda Cobalt'ning içki bozordagi sotuvi 39 foizga qisqarganini (67 580 tadan 40 936 taga, minus 26 644 dona) köriş mumkin.
Rasmiy statistikaga köra, Özbekiston yanvar-iyun oylarida 130,4 ml dollarlik avtomobillar eksportini amalga oşirgan, bu körsatkiç bir yil oldingidan 5 foizga kam. Statistika qömitasi ham, “Özavtosanoat” va UzAuto Motors ham avtomobillar eksportining fizik hajmi va modellari kesimida ma’lumot e’lon qilmaydi.

Qozoğistonda Chevrolet sotuvlari 32 foizga oşdi
Şu bilan birga, UzAuto Motors'ning asosiy eksport bozori bölmiş Qozoğistonda joriy yil Chevrolet sotuvlari keskin oşgan. Qozoğiston avtomobil uyuşmasi ma’lumotlariga köra, 2026-yil birinçi yarim yilligida birlamçi avtomobil bozorida Chevrolet sotuvlari 32 foizga oşib, 17 586 taga yetgan. Şundan 16 370 tasi Cobalt hissasiga töğri keladi.











