“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi qonunga özgartirişlar kiritildi.
Qonunning 30¹-moddasiga muvofiq, davlat tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan qonunçilikda belgilangan soliq va bojxona imtiyozlari, moliyaviy va boşqa turdagi imtiyozlar (moddiy şakldagi davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari), şuningdek, preferensiyalar (nomoddiy şakldagi davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari) töliq hajmda qöllanişini kafolatlaydi.
Davlat organlari va ularning mansabdor şaxslari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan imtiyoz va preferensiyalardan foydalanişni asoslantirmasdan rad etiş, şuningdek, ulardan foydalanişga tösqinlik qiliş taqiqlanadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan maxsus platformada tadbirkorlik sub’yektlariga beriladigan imtiyoz hamda preferensiyalarning turlari, muddatlari va tartibini öz içiga olgan alohida reyestr yuritiladi.
Tadbirkorlik sub’yektlari uçun imtiyoz va preferensiyalar reyestrini şakllantiriş va doimiy yangilab boriş tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga beriladigan imtiyoz va preferensiyalar yakka tartibda (individual) emas, balki iqtisodiyot tarmoqlari, sohalar yoki hududlar kesimida belgilanadi. Bunda imtiyoz va preferensiyalar oçiq hamda şaffof mezonlar asosida barça tadbirkorlik sub’yektlari uçun teng şartlarda qöllanişi şart.
Eksklyuziv huquq berilgan sub’yektlar röyxati oçiqlanadi
Eslatib ötamiz, 18-avgust kuni davlat rahbarining tadbirkorlar bilan muloqotida biznesga bir qator yengilliklar e’lon qilindi. Elektr va gaz uçun oldindan tölov miqdori tölov intizomini buzmagan korxonalar uçun 100 foizdan 15 foizgaça pasaytirilişi, kiçik biznes ustidan tekşiruvlarga 3 yillik moratoriy, moliyaviy jarimalar miqdori örtaça ikki barobar kamaytirilişi va davlat xizmatlarida “sukut – rozilik” tamoyilining yölga qöyilişi şular jumlasidan.








