Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Umumta'lim muassasalari hamda “Mehribonlik” uylari boşqaruv, texnik, xizmat körsatuvçi va öquv-yordamçi xodimlarining namunaviy ştatlarini tasdiqlaş töğrisida”gi qaror loyihasi joylaştirildi.

Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga köra, şu kunga qadar ta'lim muassasalarining namunaviy ştatlar jadvali Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil 26 apreldagi 141-sonli buyruği bilan tasdiqlangan, ammo özgartiriş va qöşimçalar kiritilmagan. Mazkur qaror loyihasi esa ta'lim muassasalarining amaldagi namunaviy ştatlar jadvallarida yuzaga kelayotgan muammolar bartaraf etilib, şaffof mexanizm asosida zamon talablaridan kelib çiqqan holda işlab çiqilgan.

Mazkur qaror loyihasiga köra, umumta'lim muassasalarida 10-11-sinfni joriy etilişi munosabati bilan kiritilgan Harbiy çaqiriqqaça tayyorgarlik rahbari lavozimi Vatanparvarlik ruhida yoşlarni tayyorlaş böyiça direktor örinbosari sifatida özgartirilmoqda. Şu bilan bir qatorda, davlat rahbari tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi işlarni yangi tizim asosida yölga qöyiş böyiça ilgari surilgan 5 ta muhim taşabbusni amalga oşiriş maqsadida ta'lim muassasalarining yangi tahrirdagi namunaviy ştatlar jadvaliga 1,0 ştat birlik ommaviy tadbirlar taşkilotçisi lavozimi ham kiritilmoqda.

Bugungi kunda hukumat tomonidan öz yönalişi böyiça mamlakat rivojiga hissa qöşgan alloma, yozuvçi hamda şoirlar xotirasini abadiylaştiriş hamda yoşlarni ularning hayot yöli bilan taniştiriş maqsadida ta'lim muassasalarida muzeylar taşkil etilmoqda. Uşbu taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş hamda taşkil etilgan muzeylar faoliyatini töğri va samarali yölga qöyiş maqsadida ularning namunaviy ştatlar jadvaliga 1,0 birlik muzey kuzatuvçisi lavozimini kiritiş taklif etilgan.

Ahamiyatlisi, ta'lim muassasalarida psixolog lavozimlarining amaldagi me'yorlari sinflar sonidan kelib çiqib kiritilgan bölsa, yangi tahrirdagi namunaviy ştatlar jadvallarida öquvçilar soniga köra umumta'lim muassasalarida 3,0 ştat birlikkaça va tarbiyalanuvçilar soniga köra “Mehribonlik” uylarida 2,0 ştat birlikkaça psixolog lavozimi kiritilmoqda.

Şuningdek, “Mehribonlik” uylarining amaldagi namunaviy ştatlar jadvalida közda tutilmagan ştatlar, işlab çiqilgan qaror loyihasi asosida tarbiyalanuvçilarning sanitariya qoidalari va me'yorlariga muvofiq xavfsiz ovqatlantirilişini ta'minlaş maqsadida 1,0 ştat birlik diyetolog lavozimi, qolaversa, ularning soğlom va barkamol avlod qilib tarbiyalaş, böş vaqtini sermazmun taşkil etiş maqsadida 1,0 ştat birlik trener-yöriqçi lavozimi ham közda tutilgan.

Bundan taşqari, ta'lim muassasalari uçun amalda qöllanilayotgan (3 ştat birlik) qorovul lavozimi har bir bino uçun 4,0 ştat birlikdan kiritilmoqda. Qolaversa, muassasalarning texnik körsatkiçlardan kelib çiqib, supuriladigan hududga kiradigan maydon turlari (asfalt, beton, brusçatka va sport maydonlari) aniq körsatilmoqda. Şu bilan birga, binolarning içki tozalanadigan qismlari xizmat xonalari, yölaklar, zinapoyalar, faollar zali va sport zal hamda öquv sinflarga ajratiş orqali ularga belgilangan amaldagi farroş lavozimining ştat birliklari saqlab qolinmoqda.