Xalq ta'limi vazirligi Örta Çirçiqda içida öquvçilar bölgan avtobusning YTHga uçrab, yonib ketişi böyiça bayonot berdi.
2019 yil 29 aprel kuni soat 02:00larda Örtaçirçiq tumani hududida Buxoro şahridan Parkent tumaniga qaytayotgan Mercedes-Benz rusumli yölovçi avtobusi halokatga uçradi. Yölovçilar avtobusdan zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Halokat paytida avtobus salonida 56 nafar kişi bölgan. Jumladan, yölovçilar orasida Toşkent viloyatidan maktab öquvçilari bor edi.
Mazkur yöl-transport hodisasi natijasida yetti kişi turli darajadagi jarohatlar olgan. Ularga halokat joyida birinçi tibbiy yordam körsatilgan.
Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati bolalarni Buxoroga uyuştirilgan safarining taşkil etiliş jarayoni bilan boğliq vaziyatni örganmoqda, deyiladi xabarda.












