2018 yilda dunyo böyiça umumiy harbiy xarajatlar 1,8 trillion dollarni taşkil qildi. Bu esa 2017 yildagiga nisbatan 2,5 foiz köproq bölgan. Bu haqda dunyo muammolarini örganuvçi Stokholm xalqaro instituti dokladida aytilgan.
Uşbu xarajatlar butun dunyodagi gumanitar ehtiyojlarni ta'minlaş uçun zarur bölgan mablağdan 80 marta köproqni taşkil qiladi.
Harbiy xarajatlari eng katta bölgan davlatlar beştaligiga AQŞ, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Hindiston va Fransiya kirgan. Ular uluşiga harbiy maqsadlarda qöllangan barça mablağlarning 60 foizi töğri keladi.
Vaşingtonning qurollanişga budjet ajratmalari 2010 yildan beri ilk bor köpaygan. 2018 yilda bu mablağlar 4,6 foizga oşib, 649 mlrd dollarni taşkil qilgan. Bu qiymat uşbu röyxatda AQŞdan keluvçi 8 ta davlatning umumiy harbiy xarajatlariga teng.
Harbiy xarajatlari hajmi eng katta bölgan davlatlar reytingida Rossiya 6-örinni egallagan. 2017 yilga nisbatan Rossiyaning harbiy xarajatlari 2018 yilda 3,5 foizga qisqargan va 61,4 mlrd dollarni taşkil qilgan.
Mutaxassislar Bolgariya, Latviya, Litva, Ruminiya, Polşa va Ukrainada harbiy xarajatlar köpayganini qayd qilib ötişgan. Ular bu tendensiyani “Rossiya tomonidan xavflar borasidagi xavotirlar oşayotgani” bilan boğlaşgan.
2018 yilda dunyo böyiça harbiy xarajatlar Berlin devori qulagan vaqtdan beri eng yuqori darajaga yetgan. Ayni vaqtda qurollanişga sarflanayotgan dunyo böyiça umumiy mablağ dunyo yalpi içki mahsulotining 2 foizini taşkil qiladi. Bu esa umumiy harbiy xarajatlar hajmi dunyo aholisining har bir vakiliga 239 dollardan töğri kelişini anglatadi.












