Özbekistonda faoliyat yuritayotgan “Uzavtotrans Service” korxonasi Qozoğistonning 4 ta şahriga muntazam qatnovlarni amalga oşirişni boşladi, deb xabar qilmoqda ÖzA.
Toşkent-Turkiston, Toşkent-Olmaota, Toşkent-Uşkunur, Çirçiq-Uşkunur yönalişlari şular jumlasidan. Qatnovlar barça qulayliklarga ega zamonaviy avtobuslarda amalga oşiriladi. Çiptalarni Toşkent avtovokzali kassalaridan xarid qiliş mumkin.
Qayd etilişiça, Toşkent-Turkiston yönalişi çipta narxi 50 ming söm, Toşkent-Olmaota va Toşkent-Uşkunur yönalişi çiptasi 101 ming söm, Çirçiq-Uşkunur yönalişi nisbatan arzonroq - 90 ming söm.
Transport vazirligi matbuot xizmatidan ma'lum qilişlariça, yaqinda “Toşkent – Nur-Sulton”, “Toşkent – Taraz”, “Samarqand – Turkiston”, “Samarqand – Duşanbe”, “Toşkent – Qozon”, “Toşkent – Ufa kabi yönalişlarda ham muntazam qatnovlar yölga qöyiladi.
Bundan oldin, Toşkentdan viloyatlarga 8 yönalişda muntazam avtobus qatnovlari yölga qöyilgani xabar berilgandi.












