“Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Şveytsariyaning “Ştadler-Minsk” kompaniyasi bilan yangi elektropoyezdlarni xarid qiliş masalasida muzokaralar olib borilmoqda.

Özbekiston aholisi köp, hududlararo qatnov salohiyati yuqori, temiryöl hamişa yölovçilar bilan gavjum. Şunday ekan faqat “Afrosiyob” poyezdlarigina mavjud talabni qondira olmasligi tayin. Demak yangi istiqbollarni közlaş lozim va “Özbekiston temir yöllari” AJ aynan şunday yönalişda harakat qilmoqda.

Şaharalararo qatnovda yuqori tezlikda yölovçi taşiş zarurati, tezyurar hamda yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlar qatnovini xalqaro talablar va standartlar darajasiga kötariş, xizmat körsatiş sifati va darajasini oşiriş, mamlakatimiz turizm salohiyatini yanada oşiriş uçun yangi va istiqbolli turistik yönalişlarni kengaytiriş maqsadida “Özbekiston temir yöllari” va Şveytsariyaning “Ştadler-Minsk” kompaniyasi bilan “Stadler FLIRT” elektropoyezdlarini xarid qiliş masalasida muzokaralar olib borilmoqda.

Ta'kidlaş joizki, tezligi 160 km/soatni taşkil qiluvçi “Stadler FLIRT” poyezdlari Yevropaning bir qator şaharlarini bir-biri bilan boğlab turadi va ular xavfsizligi, qulayligi hamda ommabopligi bilan nom qozongan.