«Barselona» hujumçisi Lionel Messi Yevropa ligasi yarim finalining ilk öyinlari haftasida eng yaxşi futbolçi deb topildi.

UYeFA rasmiy saytida ötkazilgan sörovnomada Leo jamoadoşi Luis Suares hamda «Ayaks» yarimhimoyaçilari Frenki de Yong va Doni van de Bekni ortda qoldirgan.

Eslatib ötamiz, Messi çorşanba kuni «Kamp Nou»da «Liverpul» darvozasiga ikkita töp kiritib, jamoasining yirik hisobdagi (3:0) ğalabasini ta'minlagan edi.

10-raqam egasi çorak finalning javob öyinlari haftasida ham eng yaxşi futbolçi deb e'tirof etilgan, öşanda u «Mançester Yunayted» bilan bahsda ham dubl qayd etgandi.