Yevropa ligasi yarimfinali doirasidagi ilk uçraşuvlar nihoyasiga yetdi.
"Arsenal" öz maydonida "Valensiya"ni qabul qildi. Gollarga boy bölgan uçraşuv 3:1 hisobida maydon egalari foydasiga yakunlandi.
Mezbonlar safida Lyakazett dublga erişgan bölsa, yana bir gol Obameyang tomonidan kiritildi. Mehmonlarning yagona goliga Diakabi mualliflik qildi.
Yana bir uçraşuvda "Çelsi" safarda "Ayntraxt Frankfurt" bilan kuç sinaşib, 1:1 hisobidagi durang qayd etdi.
23-daqiqada Yoviç maydon egalarini hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, javob goli 45-daqiqada Pedro tomonidan kiritildi.
Jamoalar örtasidagi javob öyinlari 9 may kuni bölib ötadi.
Yevropa ligasi. Yarimfinal
Arsenal Angliya – Valensiya Ispaniya 3:1
Gollar: 0:1 – 11 Diakabi, 1:1 – 18 Lyakazett, 2:1 – 25 Lyakazett, 3:1 – 90 Obameyang.
Ayntraxt F Germaniya – Çelsi Angliya 1:1
Gollar: 1:0 – 23 Yoviç, 1:1 – 45 Pedro.












