Qonunçilikka muvofiq, şaharlarda qurilayotgan köp kvartirali arzon uylar yoş oilalar, eskirgan uy-joylarda yaşayotganlar va fuqarolarning boşqa toifalariga sotiladi.
Adliya vazirligi telegram kanalida yozilişiça, arzon uy-joylarga fuqarolarni biriktiriş quyidagi mezonlardan biri mavjud bölgan taqdirda amalga oşiriladi:
öz uy-joyining yöqligi va ijara (arenda), bepul foydalaniş şartlarida turar joyda yoki eskirgan uylarda yaşaş;
bir uyda (bir kvartirada) boşqa oila yoki boşqa oilalar bilan birgalikda yaşaş;
köp bolali oila;
ona (ota)ning töliq bölmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalaşi;
ariza beruvçining oila a'zolari orasida surunkali kasallikning oğir turlaridan azob çekuvçi alohida xonada yaşaşga muhtoj bölgan şaxslarning mavjudligi;
oila tarkibida birinçi guruh nogironi mavjudligi;
turar joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;
tayanç doktoranturaning 2-kursidan boşlab, oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar.












