Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan Özbekistonda avtomobilni sotişdan oldin bosib ötgan masofasini özgartiriş faktini yaşirganlik uçun ma’muriy javobgarlikni joriy etiş taklif qilinmoqda. Loyiha jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Hozirgi kunda foydalanilgan transport vositalarini qimmat narxlarda sotiş maqsadida odometr körsatkiçini soxtalaştiriş holatlari kuzatilayotganiga e’tibor qaratilgan.
Hujjatga köra, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksni 121–1-modda (Transport vositasining odometr – transport vositasining bosib ötgan masofasini körsatadigan tablo – körsatkiçlariga özgartirişlar kiritiş yoki odometrni almaştiriş töğrisida xabardor qilmaslik) bilan töldiriş taklif etilmoqda.
Bunda transport vositasi egasi u sotilgunga qadar xaridorni transport vositasining bosib ötgan yölini qayd etuvçi odometr uskunasi körsatkiçlari özgartirilgani yoki odometr uskunasining özi almaştirilgani töğrisida xabardor qilmasa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigaça (4,12 mln sömdan 6,18 mln sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Loyiha muhokamasi 20 noyabrga qadar davom etadi.












