Hukumatning “Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi akademik litseylariga öquvçilarni qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritiş haqida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi akademik litseylariga öquvçilarni tanlaş va öqişga qabul qilişda tibbiy körikdan ötkaziş tartibini soddalaştiriş maqsadida qabul qilindi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi akademik litseylariga öquvçilarni qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomga kiritilayotgan özgartirişlar:
7-banddagi “harbiy” sözi çiqarib taşlandi;
14-bandning beşinçi xatboşidagi “harbiy-tibbiy” sözlari “tibbiy” sözi bilan almaştirildi;
22-bandda:
birinçi xatboşidagi “harbiy” sözi çiqarib taşlandi;
ikkinçi va uçinçi xatboşilar kuyidagi tahrirda bayon qilindi:
“Nomzodlar yaşaş joyi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, viloyatlar soğliqni saqlaş boşqarmalari va Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasi tomonidan taşkil etiladigan tibbiy komissiya körigidan ötadi.
Tibbiy körikdan ötkaziş yakunlari böyiça nomzodga tibbiy ma'lumotnoma beriladi”.












