Prezident Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyati faollari iştirokidagi yiğilişda aholini iş bilan ta'minlaş, daromadlarini oşiriş masalalariga alohida e'tibor qaratdi.
«Har bir oila - tadbirkor» dasturi doirasida öz biznesini boşlamoqçi bölgan oilalarni aniqlab, ikki-uç oy içida ularga jami 486 milliard söm miqdoridagi imtiyozli kreditlarni töliq ajratiş zarurligini ta'kidladi.
Farğona – mohir hunarmandlar, usta dehqonlar yurti. Bu yerning könçilik, boğdorçilik an'analari – tayyor brend.
Bundan foydalanib, viloyatda çarm va poyabzal mahsulotlari işlab çiqariş böyiça qöşimça loyihalarni amalga oşiriş, şuningdek, «Çarm-attorlik markazi»ni taşkil etiş böyiça topşiriqlar berildi.
Kelgusi ikki yilda Oltiariq tumanida 3 ming gektar maydonda uzumçilik, Quva tumanida 2 ming gektarda anorçilik, Quvasoy şahrida 2 ming gektar maydonda gilosçilik klasterlari taşkil etilişi ma'lum qilindi. Uşbu klasterlar özlari meva yetiştiriş bilan birga aholidan ham sotib oladi. Buning uçun xonadonlarga 15 million dona uzum, 10 million dona gilos va 5 million dona anor köçatlari yetkazib beriladi. Bu ham aholi daromadlarini, ham viloyat eksport salohiyatini oşiradi.
Yaqin yillarda Oltiariq tumanini töliq uzum yetiştirişga ixtisoslaştiriş, ilmiy tadqiqot institutlari va Toşkent davlat agrar universiteti olimlarining tavsiyalari asosida boğ va tok qator oralarida bozorbop sabzavotlar yetiştiriş rejalaştirilgani ta'kidlandi.












