Fransiya şarqidagi Kre-an-Beldon kommunasidagi boşlanğiç maktablardan birida sinflar qisqartirilişiga qarşi kuraş doirasida 15 ta qöziçoq öquvçilar sifatida maktabga qabul qilindi. Bu haqda Le Figaro naşri xabar berdi. 

Sinflarning qisqartirilişi zarurati öquvçilarning soni kamayib ketgani bilan tuşuntirilgan. Ota-onalar buning oqibatida sinflarda öquvçilar sonining oşişi va mos ravişda, ta'lim sifatining yomonlaşişi mumkinligidan şikoyat qilişgan.

Şunda mahalliy fermerlardan biri maktabga qöylar podasini olib kelgan va podadan 15 ta qöziçoq maktab öquvçilari röyxatiga kiritilgan. Ta'kidlanişiça, “yangi öquvçilar”ning har birida tuğilganlik haqida guvohnoma bor. Uşbu aksiyani mer Jan-Lui Mare qöllab-quvvatlagan.