Yevrokuboklardagi ajoyib yarim finallardan söng, yana içki çempionatlarga qaytamiz. Bu hafta kuçli beşlikdagi sönggi ikki ligada ham çempion aniqlanişi mumkin.

ANGLIYa

Har ikki yevrokubokda ham ingliz jamoalari finalga çiqqanliklarini hisobga olsak, inglizça töqnaşuvlar davom etadi. Yakşanba kuni esa, navbatdagi Angliya çempionati nihoyasiga yetadi. Qiziq tarafi, mavsumning eng muhim savoliga hali ham javob topilmagan – çempion kim?

Atigi bir hafta oldin yil omadsizi deb tilga olingan «Liverpul» şunday otga çiqib oldiki, «Siti»ning birgina xatosi Klopp jamoasini eng muvaffaqiyatli yakunga yetaklaşi mumkin. «Brayton»ga safar qiladigan Pep Gvardiola şogirdlari peşqadamlikni saqlab qoliş va sönggi 7 yilda törtinçi bor şohsupaga çiqiş uçun ğalaba qozonişlari şart. Sönggi öyinlar «şaharliklar»ga ança oğir kelayotganini hisobga olsak, bu oson bölmaydi. Qiziği, «Byornli» bilan ham, «Lester»ga qarşi öyinda ham hal qiluvçi gollar yangi yulduzlar emas, eski gvardiya – Aguero va Kompani hisobiga yozildi. Yana bir muhim gol muallifi, agar bölsa, kim bölarkin?

«Oling-oling»ga aylanib ketgan kuçli törtlik uçun kuraş esa deyarli hal böldi. «Mançester Yunayted» kelasi yilda Yevropa Ligasida töp surişi aniq bölgan. Oxirgi tur arafasida beşinçi örinda joylaşgan «Arsenal»da YeÇLga çiqiş uçun yana ikkita imkoniyat bor. Birinçisi, ayni vaqtda APLning törtinçi örnida joylaşgan «Tottenhem» sönggi turda «Everton»ga qarşi uy uçraşuvida tört gol farqi bilan yutqazişi, «Arsenal» esa şunça gol ustunligida safarda «Byornli»ni yutişi kerak böladi. Ikkinçisi, realroq, agar «kanonirlar» Yevropa Ligasi finalida YeÇL yöllanmasini APL orqali qölga kiritib bölgan «Çelsi» ustidan ğalaba qozonsa, APLdan beşinçi jamoa sifatida Yevropa Çempionlar Ligasida töp suradi.

Ligani tark etadigan jamoalar aniq bölib ulgurgan – «Kardiff», «Fulhem», «Haddersfild».

ISPANIYa

Ispaniyada dastlabki uç örin sohiblari özgarmasa kerak. Faqat «Real» va «Atletiko»ning örni almaşişi mumkin, uning uçun Simeone şogirdlari ikki öyinni ham yutqazişi, «Real» esa ikki öyinni ham yutişi kerak böladi. Bunga işoniş qiyin.

Ammo Madridning uçinçi jamoasi – «Xetafe»da tarixda ilk marta YeÇLda iştirok etiş imkoniyati bor. Madridliklar «Valensiya» va «Sevilya»ni uç oçkoga ortda qoldirgan holda, hozir törtlikni band qilib turişibdi. Ammo jamoaning sönggi safari Barselonaga böladi. Kataloniyaliklar «Enfild»dagi «şapaloq»dan keyin, mavsumni tugatib qöya qoladilarmi yoki çiroyli ğalaba bilan muxlislardan uzr söraydilarmi, şudir masala. Faqat bu öyinda Luis Suares iştirok etmasligi hozirdan ma'lum.

«Xetafe» bu öyinda heç bölmasa bir oçko olişi şart. Şundagina, sönggi tur oldidan törtinçi örinni saqlab qoliş imkoniyati özida qoladi. «Xetafe» özaro öyinlarda «Sevilya»dan ustun (0:2, 3:0), «Valensiya» bilan özaro öyinlarda ortda qolgan (0:1, 0:0)

Turnir jadvalining quyi qismi esa juda «qaynayapti». Ligani tark etişi kerak bölgan bir jamoa örni uçun beş jamoa da'vogarlik qilmoqda. «Selta», «Vilyareal» va «Levante»da 40, «Valyadolid»da 38, «Jirona»da esa 37 oçko bor. Haqiqiy kuraş Jironada bölib ötadi. Maydon egalari «Levante»ni qabul qiladi. Bu öyindagi ğalaba «Jirona»ni 18-örindan yuqoriga olib çiqadi, sababi, Valensiyadagi öyin 2:2 hisobida yakunlangandi. Ya'ni, «Jirona» özaro öyinlar natijasiga köra, «Levante»ni ortda qoldiriş imkoniga ega.

ITALIYa

Italiyada yana uç tur bor va Yevropa Çempionlar Ligasi yöllanmasini beruvçi örinlar uçun kuraş davom etmoqda. Ötgan turda Rimda çiroyli ğalaba qozonib, «Latsio»ni öyindan çiqarib yuborgan «Atalanta» tarixida ilk bor uşbu turnirda iştirok etişga yaqin turibdi. Çempionlar Ligasiga Indzagi va Veri kabi yulduzlarni bergan bergamoliklar endi jamoa sifatida bu turnirni bezaşlari mumkin. Buning uçun qolgan uç turda 7 oçko oliş talab etiladi.

Qiziği, Kessiye va Bonaventura kabi futbolçilar faoliyatlarida keyingi bosqiçga qadam qöyiş uçun «Atalanta»dan «Milan»ga ötişgandi, lekin «Atalanta» milanliklardan oldinroq YeÇL iştirokçisiga aylanişi mumkin. «Atalanta»ni yaqindan ta'qib qilib kelayotgan jamoa aynan «Milan» va şuningdek, «Roma»dir.

GeRMANIYa

Oxirgi ikki turda atigi bir oçko olgan dortmundliklar amalda çempionlik poygasidan çiqişdi. Endi «Borussiya» çempion bölişi uçun qolgan ikki öyinni yutişdan taşqari, «Bavariya» har ikki öyinda oçko yöqotişi kerak böladi. Bunga esa işoniş qiyin. Bu turda «Leypsig»ga safar qiladigan Kovaç şogirdlarida bu öyinda ğalaba qozonib, muddatidan ilgari çempion böliş imkoniyati bor. Bu «Bavariya» uçun qatorasiga 7-çempionlik böladi.  Bundesligada uçinçi örinni naqd qilib qöygan «Leypsig» mehmonlarga katta muammo tuğdirişmasa kerak.

«Bavariya»ning ğalabasini boşqa bir jamoa «Ayntraxt» ham xohlayotgani aniq. Sababi, frankfurtliklar sönggi turda aynan Myunxenga safar qilişadi va tabiiyki, u yerda vazifani bajarib bölgan raqib bilan öynaş qulayroqdir. «Ayntraxt» keça Yevropa Ligasi yarim finalining javob uçraşuvida «Çelsi»ga penaltilar seriyasida yutqazdi (1:1, 1:1, penaltilar böyiça 3:4)) va YeÇLga çiqiş uçun qöşimça imkoniyatdan mahrum böldi. Endi «Bayyer» va Menxengladbaxning «Borussiya»si bilan birgalikda törtinçi örin uçun kuraş olib boriş lozim böladi.

BOŞQALAR

Fransiyada hammayoq tinç. Portugaliya Superligasi yakuniga ikki tur qolganda «Benfika» 2 oçkolik farq bilan peşqadam bölib oldi va çempionatdagi oxirgi 5 öyinda 23 gol urib, hammasini yirik hisobdagi ğalaba bilan yakunlagan «Benfika» uçun qolgan öyinlarni yutib, yana çempionga aylanişiga heç kim şubha qilmayapti.

Eng qiziq holat yana Turkiyada kuzatilmoqda. Mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning klubi sanaladigan «Istanbul Boşoqşehir» olti yildan beri katta pullar sarflab, kuçli tarkib yiğib oldi, ammo qatorasiga uçinçi marta 2-örinda qolib ketiş xavfi bor. Ötgan yillardan farqli ravişda, bu safar barqaror ravişda jadvalni boşqarib borgan «Istanbul» ötgan öyinda Sivasda oçko yöqotdi va endi «Galatasaroy» 1-öringa çiqib oldi. Bu safar peşqadamlar çigalyozdi qilib olişadi, bizni 19 may kuni superderbi kutib turibdi. Aynan öşa kuni, hozirda teng oçko jamğarib turgan «Istanbul» va «Galatasaroy» örtasida uçraşuv bölib ötadi.

ÖYINLAR

11 may. ATALANTA – Jyenoa (18:00), BORUSSIYa D – Fortuna (18:30), Nyurnberg – BORUSSIYa M (18:30), Leypsig – BAVARIYa (18:30), BAYYeR – Şalke (18:30), Fiorentina – MILAN (23:30)

12 may. Brayton – MANÇeSTeR SITI (19:00), LIVeRPUL – Vulverhempton (19:00), AYNTRAXT – Mayns (21:00), Atletik – SeLTA (21:30), JIRONA – LeVANTe (21:30), VALeNSIYa – Alaves (21:30), VILYaReAL – Eybar (21:30), BARSeLONA – XeTAFe (21:30), Atletiko – SeVILYa (21:30) ROMA – Yuventus (23:30).