Angliya çempionatining 38-turida «Mançester Siti» «Brayton» mehmoni bölib, 4:1 hisobida ğalaba qozondi va çempionlikni qölga kiritdi. 

«Brayton» 27-daqiqada Glen Myurreyning goli evaziga hisobda oldinga çiqib olgandi, ammo «şaharliklar» bir daqiqa içida javob qaytarişdi. 28-daqiqada Serxio Aguero qarşi hujumni gol bilan yakunladi va hisobni tenglaştirdi. 38-daqiqada Aymerik Laport «Siti»ni oldinga olib çiqdi. Riyoz Mahrez va Ilkay Gundöğanning jarima maydonçasiga kirmay urgan super gollari Gvardiola jamoasining ustunligini mustahkamladi.

Parallel keçgan uçraşuvda «şaharliklar»ning çempionlik uçun asosiy raqobatçisi «Liverpul» «Vulverhempton»ni Sadio Manening dubli evaziga mağlub etdi - 2:0.

«Mançester Siti» oçkolari sonini 98taga yetkazdi va öz tarixida 4-marta Angliya çempioniga aylandi. «Şaharliklar» ketma-ket ikki marta APLni yutgan «MYu» va «Çelsi»dan keyingi uçinçi jamoaga aylandi. «Liverpul» 97 oçko bilan ikkinçi örinni egalladi.

Angliya çempionati
38-tur
Brayton – Mançester Siti 1:4
Gollar: 1:0 – 27 Myurrey, 1:1 – 28 Aguero, 1:2 – 38 Laport, 1:3 – 63 Mahrez, 1:4 – 72 Gundöğan.
Brayton: Rayan, Dank, Bernardo, Daffi, Saltor, Kayyal, Knokert, Gross, Bissuma, Jahonbaxş (Lokadiya, 67), Myurrey (Andone, 68).
Mançester Siti: Ederson, Laport, Uoker, Kompani, Zinçenko, Silva (de Bryuyne, 78), Gundöğan, Mahrez, Bernardu Silva, Sterling, Aguero.

Liverpul – Vulverhempton 2:0
Gollar: 1:0 – 17 Mane, 2:0 – 81 Mane.
Liverpul – Alisson, van Deyk, Roberson (Gomes, 84), Matip, Aleksander-Arnold, Fabino, Veynaldum, Henderson, Mane, Origi (Milner, 64), Saloh.
Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Doerti (Traore, 80), Bennett, Koudi, Kastro (Ruben Vinagre, 84), Ruben Neveş, Dendonker, Diogu Jota, Moutinyu (Gibbs-Uayt, 84), Boli, Ximenes.
Ogohlantirişlar: Bennett (49), Diogu Jota (50).

Foto: @ManCity/Tvitter