Superligamizning navbatdagi tur öyinlari ham yomon ötmadi. Har holda, yettita öyinning içida kutilmagani bor, kambeki bor, şiddatlisi bor va... kutilganlarini ham kördik. Reyting tabiiyki muhimlik darajasi bilan tuzilgan.
SURXON – BUXORO – 1:0:
Janubning uyğonişi
Köpçilik şu natijani kutgan bölsa-da, aslida termizlik futbolçilarning oxirgi natijalaridan kelib çiqsak, bu ğalabaning vazni öta oğir. Jamoa 7 apreldan buyon öz muxlislariga uç oçkolik natija taqdim etmay kelayotganini eslatiş bilan kifoyalanamiz. Öşa Jizzaxdagi fantastik öyin tasodif bölgan-ov, degan fikr uyğonişi boşlangandiki, «Buxoro» mağlub etildi.
Superligamizning kayfiyati baribir zör – birgina ğalabadan söng «Surxon» uçinçi örinda borayotgan «Bunyodkor»dan bor yöği bir oçko kam jamğargan holda, oltinçi örinda bormoqda. Janubliklar amaldagi çempioni bilan böladigan öyindan oldin «Qizilqum» bilan mehmonda, «Qöqon» bilan öz uyida öynaydi, bu esa oçkolar ğaznasini töldirib qöyişga yaxşi imkoniyatlar...
«Buxoro»ning bugungi öyiniga, oçiği, nima deyişni bilmayapmiz. Töplar nisbati degan tuşunçani olib taşlasak, ayni damda Aşurmatov şogirdlari oxirgi örinda borişmoqda, keyingi hafta balki «Dinamo» bilan vaziyatni önglab olar, a, nima deysiz?!
SÖĞDIYoNA – ANDIJON – 2:1:
Kutilgan hodisa
Mazkur öyindagi natijani şaxsan men kutgan edim. Uluğbek Baqoyev klubga kelgaç, jizzaxliklar ruhan özgarişdi va özlariga bölgan işoçni tiklab olişdi. Baqoyev juda muhim pallada keldi özi: Ilk öyini «Metallurg» bilan va yutsa böladigan klub. Buyoğiga muxlislar «Paxtakor» va «Navbahor»dan uçralgan mağlubiyatlarni töğri tuşunib turişlari ham mumkin edi.
Ammo klubning «Andijon» bilan böladigan öyinda oçko yöqotişga haqqi yöq edi. Şunday bölib çiqdi ham, endi Baqoyev şogirdlari iyunning oxirida «Loko» bilan böladigan uçraşuvga qadar özi bilan teng klublar bilan bahs olib boradi va tabiiyki, muxlislar bu öyinlardan imkon qadar köproq oçkolar kutişmoqda: jamoa bu vaqt mobaynida Olmaliqda mehmon böladi, «Buxoro»ni qabul qiladi, Navoiyga boradi, qöqonliklarni kutib oladi. Neça oçkoga umid qilsa böladi, hurmatli jizzaxliklar?!
«Andijon»ning keyingi raqiblariga bir qarang-da endi: «Paxtakor»ni kutib oliş va «Navbahor» stadionida «qaynaş»... Sabr tilaymiz!
NASAF – QIZILQUM – 1:1:
Qarşiga yaxşigina qarşilik
Röziqul Berdiyev şogirdlari osonlik bilan uç oçko egasi bölişadi, deb öylagandim. Biroq notekis öyin körsatayotgan navoiylik futbolçilar «Nasaf»ga yetarli qarşilik körsatişdi, qoyil. Natijada – ikki jamoaga ham ma'qul kelmaydigan durang! Ikkisi ham turnir jadvalida u qadar yuqorilay olişmadi, ammo tuşib ham ketişmadi, şukr qilişsin.
Keyingi turda qarşilik yigitlarni Qöqon safari kutib turibdi, söng «Lokomotiv» bilan uydagi bahs. «Qizilqum»da esa, taqvim endi osonlaşadi: «Surxon»ni qabul qiladi, Samarqandga boradi, «Söğdiyona»ni kutib oladi va keyingina «Paxtakor» bilan öynaydi. Navoiyliklarga ham öşa savol: Aktamov şogirdlaridan kamida neça oçko kutyapsizlar?!
BUNYoDKOR – QÖQON 1912 – 2:1
Taqvimning farqi yöq jamoa

Ha, «Bunyodkor» yigitlari (bolalari) kayfiyati şunday. Akademiyadan çiqqan iqtidorlarning navbatdagi qurboni – «Qöqon 1912» jamoasi böldi. Vodiyliklar «Bunyodkor» bilan tengma-teng öynaşdi va şuning öziyoq ularga yaxşi natija...
«Qaldirğoçlar» ikki penaltidan kiritilgan gol evaziga yengişdi-ku, dersiz, ha, köp fint işlatadigan, köp hujum qiladigan va köproq raqib jarima maydonçasi içida öynaydigan jamoalar odatda boşqalarga qaraganda köproq penalti işlaşadi-da. Majbur bölib yiqitişadi. «Bunyodkor»ni töxtatib qoliş şunday xun hisobiga amalga oşmoqda.
Abramov şogirdlaridan borib, keyingi turda kim bilan öynaysizlar, deb söralsa, bilişmasa ham kerak. Haqiqatan ham, ularga nima qiziği bor?! Ularni qabul qiladigan «temiryölçilar» bilan bekobodliklar öylaşsin köproq – bu bolalarni qöpollik işlatmasdan boşqaçaroq yöl bilan qanday töxtatib qolişni. Işoning, şu öyin bilan keyingi ikki turdan söng ham Abramov jamoasi uçinçi örindagi joyini heç kimga böşatmagan holda kulib tursa, men ajablanmayman.
Darvoqe, 11-turda rohatlanarkanmiz: «Bunyodkor» «Nasaf» bilan töqnaş keladi. Öh, ikki ajoyib uslubga ega yoş yigitlar örtasidagi bahs mavsumning eng ajoyib öyiniga aylanib ketsa kerak.
DINAMO – OTMK – 1:0:
Samarqand qal'asi mustahkam
Ha, tarkibi pro-liga bölib yotgan «Dinamo» öz muxlislarini xursand qilişda davom etmoqda. Davron Fayziyev qöl ostidagi kamtar masalliqdan ajoyib taom tayyorlamoqda.
Samarqandliklarni Samarqandda heç kim mağlub eta olmayapti. «Navbahor» bilan keçgan dramatik öyindan söng jamoa Andijonda yana bir dramaga qöl urgan, biroq baribir muxlislariga ançadan buyon ğalaba taqdim etmayotgandi. Jizzax mağlub etilgan oqşomdan keyingi qurbon – OTMK. Olmaliq jamoasi öziga kela olmayapti. Oradagi bitta ğalaba Qosimov şogirdlari kayfiyatini yaxşilamadi. «Bunyodkor» va «Nasaf»dan qabul qilingan zarba juda oğir kelgan, şekilli...
«Paxtakor» stadioniga borişdan avval OTMK «Söğdiyona»ni qabul qiladi va muxlislar şu öyindangina uç oçko umid qilib turgan bölişsa, ajabmas.
«Dinamo» esa, «Loko» bilan bellaşişdan avval Buxoroga boradi, «Qizilqumni» qabul qiladi va Qöqonda öynaydi. Fayziyev mana şu öyinlardan beş-olti oçko tortib olsa kerak.
PAXTAKOR – NAVBAHOR – 2:2:
Eng zör töqnaşuv

Eng zör öyinni oxirida bermayotganimizga sabab bor, navbati kelganda aytamiz. Hozir esa, uçraşuvning öziga töxtaladigan bölsak, şunday bölişi kutilgan edi: «Paxtakor» kuçliroq öyin körsatişi, «Navbahor» munosib javob berişi, muxlislar şovqin-suroni va hakamlar haqidagi qandaydir gap-sözlar...
Şaxsan men uçun Zokir Qodirov öyinni yomon boşqarmadi. Töğri, tizgin ba'zi vaziyatlarda qölidan çiqib ketgandir, ammo «Paxtakor» stadionidagi bunday töqnaşuvda kim uşlab tura oladi? Şuningdek, hakamning xato qarorlari öyin taqdiriga jiddiy ta'sir ötkazdi, deya olmayman. Penaltiga şubham yöq. Sariq kartoçkalarni öz vaqtida berdi.
Aut... Töğri, yoş bola ham biladigan qoida. Biroq, bu qadar şovqinda insoniy faktor bilan ham xato qilişi mumkin. Ayniqsa, u golli vaziyatga aloqador bölmasa, jiddiy oliş şartmas. Mayli, nima bölganda ham Zokir Qodirov çetlatildi. Öyin esa, muxlislar uçun turning ajib lahzalarini taqdim etdi. «Navbahor»ning kambeki bizga YeÇLdagi ingliz klublarini eslatib yubordi. Namanganlik futbolçilarni öşa kambekka undagan muxlislari böladi. Şularning haqqi-hurmati Kançelskis şogirdlari irodali futbol körsata olişdi. Kasyan va Örunov raqib jamoasi yulduzlari darajasida öynab berişdi. Oçiğini aytganda, natija öyinga mos böldi. «Navbahor» hisobni tenglaştira olgani uçun ham yutqazişga haqqi yöq edi.
Keyingi turlarga qaraydigan bölsak, «Navbahor» «Metallurg» bilan oson bölmagan öyin ötkazadi va söng vodiy derbisida «Andijon»ni qabul qiladi. Uydagi ikki öyinda katta sahnada yana namanganlik muxlislar, şubhasiz...
MeTALLURG – LOKOMOTIV – 0:0:
Temiryöldagi tösiq
Ha, «Lokomotiv» peşqadamning oçko yöqotganidan unumli foydalanişi kutilgan edi. Biroq, «Metallurg» doimgidek tişini körsatdi. Uçraşuvning bir soatini temiryölçilar bir öyinçisiz ötkazişdi. Hisob oçilmadi natijada. Fyodorov şogirdlari «Paxtakor» bilan uç oçkolik farqni qisqartira olişmadi. Keyingi turlarda amaldagi çempion öz öyinlari bilan köpçilikning suyuklisiga aylanib qolgan «Bunyodkor» va «Nasaf» bilan bahs yuritadi. Bekobodliklar esa, Namanganga taşrif buyurişadi. Kançelskis jamoasi bilan bir oçkolik farq borligini hisobga olsak, 9-turda köproq öşa bahsga e'tiborimizni qaratamiz. Zörroq öyinlar oldinda, şekilli?!
Turnir jadvalidagi holat

Xayrulla Hamidov













