«Barselona» va «Atletiko» klublari özaro futbolçi almaşişga tayyorlanişmoqda, deb ma'lum qildi Don Balon.
Naşr ma'lumotiga köra, Kataloniya klubi madridliklar jamoasidan hujumçi Antuan Grizmannni olmoqçi, uning örniga esa öz yarimhimoyaçisi Filippe Koutinoni taklif etmoqda. Xavbek mazkur transferga allaqaçon rozilik bergani aytilmoqda.
Koutino bu mavsum kök-anorrang libosda 53ta öyin ötkazib, 11ta gol urdi va 5ta golga assistentlik qildi. Uning «Barsa» bilan bitimi 2023 yil yozigaça möljallangan, ammo avvalroq matbuotda klub uni transferga qöyişga tayyorligi aytila boşlagan edi.
Öz navbatida, Grizmann ham mazkur transferga qarşi emasligi taxmin qilinmoqda. Ötgan oyda u «Barsa»ga ötişga rozi ekani haqida xabar tarqalgan edi.
7-raqam egasi bu mavsum «Atletiko»ning 47ta öyinida maydonga tuşib, 21+10 samaradorlik körsatkiçini qayd etgan.












