AQŞ Davlat kotibi Mayk Pompeo rasmiy taşrif bilan Rossiyaga taşrifini boşladi. Bu MRBning sobiq rahbari va amaldagi davlat kotibining Rossiyaga ilk taşrifi bölmoqda. Pompeo Soçida Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşadi.

Pompeo hamkasbi Sergey Lavrov bilan uçraşuvdan söng Putin bilan uçraşuvga yöl oladi. Pompeo Putin bilan Venesuela, Suriya, Koreya yarimoroli va Ukrainadagi voqealar haqida gaplaşişi kutilmoqda. Bundan taşqari, AQŞ davlat kotibi Putin bilan ikki mamlakat yetakçilarining iyun oyida Osakada ötkaziladigan «Katta yigirmatalik» mamlakatlari yiğilişi doirasida ehtimoliy uçraşuvlarini muhokama qiladi.