Internetda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi maktabgaça ta'lim muassasalari haqida ma'lumotlar tarqaldi. Xususan, tumandagi 14-son MTMning avariya holatiga kelib qolgani, xarob sanitar holatda ekani aytilgandi.

15 may kuni holatga aniqlik kiritiş maqsadida mazkur ta'lim muassasasiga bordik. Matbuotning tezkor ta'sirini Oqdaryoda közimiz bilan kördik, çunki bir kun oldin tarqalgan xabarlardan söng u yerda işçi guruh faoliyat boşlagandi.

Masalaning ikkinçi tomoni şundaki, bu yerda butun boşli ta'mirlaş guruhi işlayotgani ahvol haqiqatdan ham xarob bölganini anglatadi.

Xöş, ayni vaqtda şiddat bilan ta'mirlaş işlari ketayotgan mazkur bolalar maskani qanday qilib şu ahvolga kelib qolgan? Tuman hokimi örinbosari, 3-sektor rahbari va tuman maktabgaça ta'lim muassasalari bölim rahbarining ham şu yerda ekanidan foydalanib vaziyatga oydinlik kiritişga harakat qildik.

«Yaşirib nima qildik, holat haqiqatdan ham yaxşi emasdi. Keling, boşdan tuşuntirib beray. Tizimimiz alohida vazirlik bölib ajralib çiqqan vaqtda tumanimizda 25ta davlat tasarrufidagi maktabgaça ta'lim muassasasi bor edi. Bir yil oldin ana şu 25ta boğçadan 20tasi ta'mirtalab edi.

Ana şu MTMlarning 8tasi 2018 yil davomida ta'mirdan çiqarildi. Bu yil esa yana 4tasi. Yana 2ta MTM yangidan qurildi. Tan olaman, hozir 14-maktabgaça ta'lim muassasasidan taşqari yana bir neçta muassasamiz ta'mirga muhtoj. Agar e'tibor şu tarzda bölib tursa, tez orada tumanda birorta abgor holatdagi boğça qolmaydi», — deydi tuman maktabgaça ta'lim bölimi mudiri Baxtigul Asrorova.

Örganiş jarayonida yana bir holat e'tiborimizni tortdi. Şundoqqina 14-MTM hududida yaxşi şaroitda saqlangan 8 xonadan iborat bino turibdi — ammo boğça balansida emas ekan.

Suriştirib bilsak, şu mahallada joylaşgan 6-umumta'lim maktabi boğça hududidagi bu binodan foydalanarkan. Qiziq holat, 6-maktab öz binosiga ega (darslar bir smenada taşkil etilgan), ammo xonalari xarob holatga kelib qolgan bolalar boğçasi hududidagi binoga ega çiqqan. Axir şu binoning MTM balansiga ötkazilişi muammoning yarmiga yeçim topadi-ku?

Tuman hokimi örinbosari Ma'ruf Saidmurodov şu yerning özida qat'iy xulosasini berdi: «Hoziroq bu bino 14-MTMga böşatib beriladi. Tegişli hujjatlarni bugundan rasmiylaştiramiz».

3-sektor rahbari, tuman IIB boşliği Bahodir Ibragimov ham boğça ta'miri böyiça munosabatini bildirdi: «Körib turganingizday, boğçada quriliş-ta'mirlaş işlari boşlab yuborildi. Sektor rahbari sifatida bu işlarni şaxsan nazorat qilib boryapman. Yana bir tomondan, şu bugun tumandagi yirik korxonalardan birini ana şu boğça uçun homiylik işlariga tarğib qiliş roziligini oldik. Bolalar boğçasi bir neça kunda çiroyli maskanga aylanişiga ular ham hissa qöşmoqçi bölişdi».

Nima bölganda ham bolalar boğçasining uzoq yil e'tibordan çetda qolgani qançalik e'tirozli bölsa, bir kunda munosabatning şu qadar özgarişi şunçalik e'tiborli böldi...

P.S. Darvoqe, tumandagi 3-MTM haqida ham salbiy ma'lumot tarqalib «bunisidan qolişmaydi», deb iddao qilingandi. Ammo quyida suratlari keltirilgan muassasada şaroitlar yomon emasdi.

Anvar MUSTAFOQULOV,

Kun.uz muxbiri.