Qirğiziston milliy xavfsizlik davlat qömitasi boşliği Idris Qodirqulov iste'foga çiqişga ariza berdi. Bu haqda qömita matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qodirqulovning ta'kidlaşiça, OAVda va jamoatçilikda qömita göyoki Davlat röyxatga oliş xizmati tomonidan biometrik pasportlar blankalarining xarid qilinişi böyiça materiallarni noxolis körib çiqayotgani va bu işning bir tomonlama hal qilinişidan manfatdorligi muhokama qilinmoqda.

Qömita boşliği şu vaziyatni inobatga olib, iste'foga çiqişga qaror qilgan.

Qirğiziston prezidenti matbuot xizmatida davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov Qodirqulovning iste'fosini qabul qilgani ma'lum qilingan. U bu lavozimda bir yildan sal köproq işlagan.   

Avvalroq qömita sud qaroriga köra Davlat röyxatga oliş xizmati raisi örinbosari Ruslan Saribayev, stats-kotib Daniyar Bakçiyev va “Infokom” korxonasi direktori Talant Abdullayevni hibsga olgan. Tergov ma'lumotlariga köra, Abdullayev Litvaning “Garsu pasaulis” vakili bilan Olmaotadagi restoranda uçraşgan.

Litva kompaniyasi yangi avloddagi biometrik pasport blankalarini yetkazib beriş böyiça tenderni yutgan. Biroq qömita ma'lumotlariga köra, Litva kompaniyasi taklifi narx böyiça eng pasti bölmagan. Davlat röyxatga oliş xizmatida ta'kidlanişiça, kompaniya bilan şartnoma tuzilmagan.

Şundan keyin Litva kompaniyasi Qirğiziston Davlat röyxatga oliş xizmati rahbariyati bilan boğliqligini rad etgan bayonotni tarqatgan. Kompaniyada ham Qirğizistonda, ham xalqaro arbitraj sudida öz şa'nini himoya qiliş uçun barça çoralar körilişi e'lon qilingan.