2019 yilning 13-16 may kunlari Bişkek şahrida Özbekiston-Qirğiziston Davlat çegarasi delimitatsiyasi masalalari böyiça Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalari işçi guruhlarining navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi.

Muloqot çoğida Özbekiston-Qirğiziston Davlat çegarasining qolgan uçastkalarini tavsiflaş böyiça takliflar muhokama qilindi, deyiladi TIV xabarida.

Uçraşuvda davlatlararo çegaraning ayrim uçastkalarida qöşma dala işlarini ötkaziş böyiça kelişuvga erişilgan.

Muzokaralar yakunlariga köra Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi delegatsiyalari rahbarlari Tölqin Abdullayev va Kanibek Botobayev tegişli protokolni imzoladilar.

Navbatdagi uçraşuvni Özbekiston hududida ötkaziş rejalaştirildi, deyiladi ma'lumotda.