«Atletiko» hujumçisi Antuan Grizmanning «Barselona»ga transferi amalga oşmasligi mumkin.
Diario sport xabariga köra, Kataloniya klubi futbolçilari Antuan haqidagi yangiliklardan xursand emas. «Barsa» öyinçilari rahbariyatga öz pozitsiyalarini ma'lum qilişgan: garçi transfer böyiça qarorni rahbariyat qabul qilsa-da, futbolçilar bunga qarşi ekanliklarini bildirişgan.
«Kök-anorranglilar»ning qarşiligi birinçi navbatda Grizmanning ötgan yilgi rad javobi bilan boğliq. Klub uni ötgan yozda ham öz tarkibiga qöşib olmoqçi bölgan, ammo fransiyalik hujumçi rad javobini berib, buni şouga aylantirib yuborgandi. Uning «Qaror» hujjatli filmidagi harakatlarini muxlislar va «Barselona»dagilar uşbu klubga nisbatan hurmatsizlik deb baholaşgan. Boz ustiga, u şundan söng «Atletiko» bilan şartnomasini uzaytirgan ham.
Qolaversa, Lionel Messi Grizmann bilan telefon orqali suhbatlaşgani haqidagi xabarlar notöğri ekaniga jamoadoşlarini işontirgan.
Qöşimça qilinişiça, Ispaniya çempioni safidagi yetakçi futbolçilar Antuanni futbolçi-kadr sifatida ham qabul qilişmayapti. Ular tarkibda Grizmannga joy yöq, deb hisoblaşmoqda.
«Bundan taşqari, u şamol qayerga esişiga qarab öz fikrini özgartiradigan buqalamun hamdir», – degan «Barselona» futbolçilaridan birining sözlarini keltirgan naşr.
Klub rahbariyatining mazkur masaladagi qarori hozirça noma'lum. Aprel oyi örtalarida «Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu bu haqdagi miş-mişlarga quyidagiça munosabat bildirgandi.
«Oxirgi sözni doimo futbolçining özi aytadi. Buyuk öyinçilar ulkan klublarda öynaydilar, transfer qiliş uçun ularni köndiriş kerak böladi.
«Barselona» futbolçilari bilan Grizmann haqida gaplaşganim yöq. Biz bu borada «Atletiko» bilan muzokara ötkazmayapmiz. Grizmann va uning atrofidagilardan ham hozirça heç qanday xat-xabar bölgani yöq», – degandi Bartomeu.











