Rossiya 20 mayda ötadigan, Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasiga vakillari taklif qilingan davlatlar qatorida yöq. Bu haqda Ukraina taşqi işlar vaziri spikeri Yekaterina Zelenko ma'lum qildi.
“Rossiya bu tadbirga taklif qilinmagan. Biz hamkorlarimiz va döstlarimiz hisoblangan davlatlarnigina taklif qilganmiz”, deb aytgan Zelenko.
Ukraina konstitutsiyasiga köra, yangi prezidentning inauguratsiyasi parlamentning sessiyalar zalida ötadi, u yerda Zelenskiy deputatlar oldida qasamyod keltiradi.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva Kiyevdan yangi prezident inauguratsiyasiga taklif olmaganini aytgan. U şuningdek Rossiya rahbariyati Zelenskiyni lavozimiga kirişişi bilan tabriklaşi borasidagi savolni oçiq qoldirgan.
Ta'kidlanişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hanuzgaça Zelenskiyni saylovlardagi ğalaba bilan tabriklamagan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Zelenskiyning inauguratsiyasida Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya va Vengriya prezidentlari iştirok etişlarini tasdiqlaşgan.












