AQŞ prezidenti Donald Tramp sobiq vitse-prezident Jo Baydenga nisbatan suriştiruv ötkaziş ğoyasini qöllab-quvvatladi. U bu haqda Fox News kanaliga intervyuda ma'lum qildi, undan parça The Next Revolution dasturining Twitter'ida joylaştirildi.
Jurnalist Baydenning Xitoy hukumati bilan aloqalarini tekşiriş kerakligi borasida qiziqqan. Uning sözlariga köra, XXR sobiq vitse-prezidentning oilaviy biznesiga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda.
«Yuz foiz, bu şarmandalik», - deya ta'kidlab ötdi Tramp.
Gap aynan qanday sarmoyalar haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.
AQŞ matbuoti ma'lumotlariga köra, 2013 yilda Jo Baydenning öğli Xanterga tegişli bölgan kompaniya Xitoy banki bilan milliard dollarlik sarmoya şartnomasini imzolagan. Qayd etilişiça, Xanter Bayden va uning şeriklari Xitoy hukumatiga tegişli firmalar bilan bilan köp millionlik bitimlarda iştirok etgan bir qança tijorat tuzilmalari taşkil qilgan.












