Yölovçilarga qöşimça qulaylik yaratiş, aholining dam oliş kunlarini mazmunli ötkaziş maqsadida «Özbekiston temir yöllari» AJ 2019 yil 18 maydan boşlab, yangi 6427- hamda 6428-sonli Toşkent-Xöjakent-Toşkent şaharlararo tezyurar poyezd harakatini yölga qöydi.

Unga köra, qatnovlar haftaning şanba va yakşanba kunlari amalga oşiriladi. «Salar» temir yöl bekatidan (Möljal: «Puşkin» metro bekati) poyezd ertalab soat 06:43da yölga çiqib, Xöjakentga soat 08:01da yetib boradi. «Xöjakent» stansiyasidan soat 18:13 harakatlangan poyezd soat 19:31da «Salar» bekati («Puşkin» metrosi)ga yetib keladi.

Yölovçilar uçun yana bir afzallik - mazkur tezyurar poyezd yöl davomida heç qanday oraliq bekatlarga töxtamaydi. Bu esa manzilga tez yetib borişga xizmat qiladi.