2019 yil 17 may kuni Surxondaryo viloyati Şerobod tumanida yaşovçi S.J. “Kobalt” rusumli avtomaşinani Toşkent viloyati Yangiyöl tumanining Çamanzor mahallasi hududidan ötuvçi avtomagistral yölida haydab ketayotib, şu yönalişda oldinda texnik nosozligi sababli töxtab turgan fuqaro Ş.G. boşqaruvidagi “MAZ-509A” rusumli yuk avtomaşinasining yarim tirkama bortiga urilib töqnaşuv sodir etgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada “Kobalt” avtomaşinasi yölovçilari, Surxondaryo viloyati Şerobod tumanida yaşagan Z.M. ismli ayol va Termiz tumanida yaşagan S.X. jarohat olib voqea joyida vafot etganlar. 

Şuningdek, “Kobalt” avtomaşinasi haydovçisi S.J. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va uning yana 2 nafar yölovçisiga kasalxonada tibbiy yordam körsatilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.