Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyning 20 maydagi inauguratsiyasida AQŞdan 5 kişi iştirok etadi. AQŞ delegatsiyasiga energetika vaziri Rik Perri boşçilik qiladi.
AQŞ delegatsiyasi röyxatini AQŞ davlat departamentining Ukraina böyiça maxsus vakili Kurt Volker tvitterda e'lon qilgan. U ham delegatsiya tarkibiga kiritilgan.
Bundan taşqari, delegatsiya tarkibiga AQŞning Yevropa Ittifoqidagi elçisi Gordon Sondland, AQŞ milliy xavfsizlik kengaşidagi Yevropa işlari departamenti direktori Aleksandr Vidman hamda AQŞning Ukrainadagi diplomatik missiyasi raisi vazifasini bajaruvçi Jozef Pennington kirgan.
Ukraina taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Yekaterina Zelenkoning ma'lum qilişiça, inauguratsiya marosimida 5 ta davlat: Latviya, Litva, Estoniya, Gruziya va Vengriya prezidentlari, Kanada mudofaa vaziri, Fransiyaning Yevropa masalalari böyiça vaziri, Polşa taşqi işlar vaziri, Turkiya vitse-prezidenti, Moldova boş vaziri, Ozarboyjon parlamenti raisi, Belarus, Ruminiya, Bolgariya va Slovakiya boş vazirlari örinbosarlari kelişlari kutilmoqda.













