Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQŞ Tehronni bir neça marotaba muzokaralar boşlaşga çaqirgan, davlat departamenti esa 8 ta rasmiy murojaat yöllagan. Bu haqda 20 may kuni Ruhoniy matbuot xizmati ma'lum qildi.   

Ruhoniy Eron iqtisodiy uruş holatida turgani va mamlakat AQŞga qarşilik körsatişi kerakligini aytgan.
 
“Men muzokaralar va diplomatiyani qöllab-quvvatlayman, biroq hozirgi şaroitlarda buni örinli deb hisoblamayman. Mening BMTga avvalgi safarim vaqtida dunyoning hammaga ma'lum 5 yetakçisi AQŞ prezidenti bilan muzokaralarda vositaçilik qilişni taklif qildi. Ularning davlat departamenti ham bizga iltimos bilan 8 marta murojaat qilgan”, deb ta'kidlab ötgan Ruhoniy.
 
Eron prezidentining aytişiça, Vaşingtonning taklifiga qaramasdan, “bugun muzokaralar ötkaziş emas, qarşilik va matonat körsatiş vaqtidir”.