Julian Assanj Ekvadorning Londondagi elçixonasida qariyb olti yil istiqomat qilişi mamlakat uçun qariyb 800 ming dollarga tuşgan. Bu haqda Ekvador boş nazorat boşqarmasi ma'lum qildi.

Aprel oyida Ekvador taşqi işlar vaziri Xose Valensiya 2012-2018 yillar davomida mamlakat Assanj xavfsizligi uçun 5,817 million dollar sarflaganini ma'lum qilgandi.

Ekvadorning Comercio gazetasi ma'lum qilişiça, davlat Assanj uçun 795 ming 372 dollar sarflagan, bunga uning kiyim-keçagini yuviş, yegulik bilan ta'minlaş va tibbiy xizmatlar ham kiradi. Bundan taşqari, aloqa vositalari uçun tölov, xizmatçilar iş haqlari, yaşaş xonasini ta'mirlaş xarajatlari ham uşbu summaga kiritilgan.

Julian Assanj 2012 yil iyundan buyon Ekvadorning Londondagi elçixonasida yaşab kelayotgandi. 2019 yil 11 aprelda u London politsiyasi tomonidan elçixona binosida qölga olindi.