AQŞ savdo vazirligi Xitoyning Huawei kompaniyasiga AQŞda işlaşga vaqtinçalik ruxsatnoma berdi. Bu ruxsatnoma mavjud tarmoqlarni qöllab-quvvatlaş va gadjetlar dasturiy ta'minotini yangilaşga imkon beradi. 

Ruxsatnomani nafaqat Huawei, balki uning nazoratidagi 68 kompaniya ham olgan. U 90 kun, ya'ni 19 avgustgaça amal qiladi. 

Kompaniyalarga tarmoqlar, qurilmalar va mobil gadjetlarning işini qöllab-quvvatlaşga, öz qurilmalari dasturiy ta'minotini yangilaşga ruxsat berilgan.

Bundan taşqari, Huawei’ga AQŞda tovarlar sotib olişga çeklovlar bekor qilinadi.

Şu tariqa, AQŞ hukumati avvalroq Xitoy kompaniyasiga kiritgan çeklovlarni vaqtinçalik bekor qildi. Bu esa Huawei mijozlarining işiga putur yetmaslik uçun şaroitlar yaratişga imkon beradi. 

Avvalroq AQŞ savdo vazirligi prezident Donald Tramp “axborot texnologiyalariga xavf mavjudligi sababli” milliy favqulodda vaziyat tartibini kiritgaç, Huawei’ni qora röyxatga kiritgandi.