Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda öz xizmatlarini taklif qilayotgan xususiy taksistlardan noroziliklar bildirildi. Taksistlarning yopişqoqliklaridan ham köra, odamlar asossiz tarzda kötarilgan narxlardan norozi edilar, deb xabar qilmoqda IIBB.

Toşkent şahar IIBB ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilarining va jurnalistlarning xabarlarini inobatga olib, vaziyatni nazoratga olgan. Soliq idorasi va Özbekiston avtomobil transport agentligi vakillari bilan birga avtotransport vositalari uçun ajratilgan hududda muntazam ravişda litsenziyasiz işlaydigan taksistlarni aniqlaşga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. 

Masalan, aprel oyi va may oyining 20 kunida 43 ta “noqonuniy” taksistlar aniqlandi, ularga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 176-3-moddasiga muvofiq (“Avtomobil transportida yölovçilar taşiş faoliyati bilan litsenziyasiz şuğullaniş”) çoralar körildi.
  
“Ammo şuni tan oliş kerakki, ular butunlay yöqolmagan. Bugun “noqonuniy” taksistlar quyidagi uslubni tanlaşgan: ular maşinalarini aeroport hududidagi avtoturargohda emas, uzoqroqda qoldirişadi. Aeroportdan çiqiş tomonga esa mijoz çaqiradigan odamlarni jönatişadi.

Toşkent şahar IIBB bu kabi vaziyatga töqnaş kelgan barçani “noqonuniy” taksistlar va ularning yordamçilari haqida Xalqaro aeroport yaqinidagi hududda xizmat olib boruvçi içki işlar organlari xodimlariga xabar berişni, yoki 102, 71-232-30-40 va 71-232-40-50 raqamlari orqali xabar berişlarini söraydi. Lisenziyasiz işlayotgan taksistlarni va ularga yordam berayotganlarni suratga tuşiring, işonçingiz komil bölsin: çoralar köriladi”, - deyiladi xabarda.