Raqobat qömitasining tegişli buyruği bilan, “WB Taxi” MÇJ yölovçi taşiş uçun buyurtmalarni joylaştiriş va taksi xizmatlarini körsatişga imkon beruvçi vositaçilik (agregatorlik) xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb eʼtirof etildi.

Qömita maʼlumotiga köra, kompaniya faoliyatida ustun mavqeni suiisteʼmol qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida monopoliyaga qarşi komplayens tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.

Kompaniyaning raqobat töğrisidagi qonunçilik talablariga rioya etişi yuzasidan tegişli monitoring olib boriladi.

Avvalroq Raqobat qömitasi 2026-yilning yanvar–avgust oylarida WB Taxi xizmatlari yuzasidan isteʼmolçilardan 20 ga yaqin eʼtiroz kelib tuşganini maʼlum qilgandi. Şundan söng qömita kompaniyaga tegişli sörov yuborgan.

Eslatib ötamiz, 2026-yil 29-oktabrda Raqobat qömitasi Uklon taksi agregatorini ham ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida eʼtirof etgandi.

Öşanda qömita Kun.uz’ga maʼlum qilişiça, mazkur qaror Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida qabul qilingan.

Unga köra, raqamli platformaning faol yakuniy foydalanuvçilari oylik örtaça soni 50 ming nafardan, tuşumi esa bazaviy hisoblaş miqdorining 100 ming baravaridan ortiq bölişi ustun mavqeni aniqlaşda qöllanadigan mezonlar qatoriga kiradi.

Bundan avval, 2023-yil dekabrda Yandex Taxi ustun mavqega ega xöjalik yurituvçi subyekt sifatida eʼtirof etilgan. 2024-yil 22-oktabrda esa Yandex Go ustun mavqega ega raqamli platforma operatorlari röyxatiga kiritilgan.

Qonunçilikka köra, ustun mavqega ega deb topiliş kompaniyaning raqobat qonunçiligini buzganini anglatmaydi, biroq bunday maqomga ega operatorlar uçun bozordagi ustunlikni suiisteʼmol qilmaslik, raqobatni çeklovçi harakatlarga yöl qöymaslik va monopoliyaga qarşi talablarga rioya etiş majburiyatlari amal qiladi.