Transport vaziri birinçi örinbosari Mamanboy Omarov Xitoy kompaniyasi beş mingta avtomobil bilan Özbekiston taksi bozoriga kirişni reja qilgani haqida maʼlum qildi. U bu haqda Spot naşriga bergan intervyusida aytib ötgan.
Omarov kompaniya nomini oçiqlamagan, biroq u bozorda öz ilovasini ham işga tuşirişni rejalaştirayotgani haqida taʼkidlagan.
Kun.uz holat yuzasidan Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov bilan boğlandi.
U Xitoy kompaniyasi taksi bozoriga kirayotgani haqiqat ekanligini maʼlum qildi.
“Kompaniya öz avtomobillari bilan kirib kelişi rost, ammo haydovçilari bilan emas. Çunki Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 200-son qaroriga köra, respublikamizda yönalişsiz taksi bozorida faqat Özbekiston Respublikasi fuqarolari xizmat körsatişi mumkin”, - dedi Aşurmatov.

Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yölovçi taşiş faoliyatini tartibga soliş böyiça qöşimça çora tadbirlar töğrisida”gi qaror ilovasida yönalişsiz taksi haydovçisi Özbekiston fuqarosi bölişi, kamida 21 yoşga tölgan, «B» toifali haydovçilik guvohnomasiga, kamida uç yillik haydovçilik stajiga ega va tibbiy körikdan ötgan bölişi kerakligi belgilangan.
Şu bilan birga vazirlik rasmiysi aynan qaysi Xitoy kompaniyasi Özbekiston taksi bozoriga kirayotganini oçiqlamadi.
Oçiq maʼlumotlarga köra, taʼsisçisi Xitoy fuqarosi bölgan «DiDi taxi» MÇJ 2025-yil dekabrida röyxatdan ötgani körsatilgan. Biroq uşbu yuridik şaxs aynan Özbekiston bozoriga kirayotgan kompaniya ekani hozirça tasdiqlanmagan.

Maʼlumot uçun, DiDi Xitoyning eng yirik taksi kompaniyalaridan biri sanaladi. U Xitoydan taşqari 14 ta mamlakatda faoliyat yuritadi. Xalqaro faoliyati asosan Lotin Amerikasi va Osiyo-Tinç okeani mintaqasiga töğri keladi.






