Jizzax viloyati prokuraturasi Kun.uz saytida e'lon qilingan, Jizzax viloyati, Zomin tumani, Daştobod şaharçasidagi 50-umumta'lim maktabidagi holat tasvirlangan «Zomindagi 50 yilça avval bunyod etilgan 50-maktab tobora tökilib bormoqda: mas'ullar sukutda» sarlavhali maqola yuzasidan ma'lumot berdi.
«Jizzax viloyati, Zomin tumani, Daştabod şaharçasida joylaşgan tuman xalq ta'limi bölimiga qaraşli 50-son umumta'lim maktabi töğrisida «Zomindagi 50 yilça avval bunyod etilgan 50-maktab tobora tökilib bormoqda: mas'ullar sukutda» nomli «kun.uz» ijtimoiy tarmoğidagi maqola e'lon qilingan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevraldagi «Obod qişloq» dasturini 2019 yilda amalga oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-4201-sonli Qaroriga asosan joriy yilda Zomin tumanidagi 50-sonli umumta'lim maktabi kapital ta'mirlanişi belgilangan.
Buning uçun viloyat hokimligi yagona buyurtmaçi xizmati injiniring kompaniyasi bilan «Hirot Servis» xususiy korxonasi örtasida maktab binosini kapital ta'mirlaş uçun 1.458.394.000 sömlik şartnoma imzolangan bölib, maktab binosini foydalanişga topşiriş muddati 25.08.2019 yil etib belgilangan.
Hozirgi kunda «Hirot Servis» xususiy korxonasi tomonidan mazkur maktabda quriliş-ta'mirlaş işlari boşlangan bölib, binoning tom qismini almaştiriş va pardozlaş işlari amalga oşirilmoqda.
Bundan taşqari, «kun.uz» ijtimoiy tarmoğidagi uşbu maqolada aks ettirilgan maktab binosining xonalari haqiqatan ham ta'mirtalabligi aniqlangan bölib, biroq öquvçilar uçun dars maşğulotlariga möljallangan stol-stullar mavjud emasligi aniqlandi.
Viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur maktab binosining ta'mirlanişi alohida nazoratga olindi va amalga oşirilgan ta'mirlaş işlari yakuni böyiça batafsil axborot taqdim etiladi», deyiladi Jizzax viloyati prokuraturasi xabarida.












