2019 yil 1 yanvardan boşlab, barça tadbirkorlik sub'yektlari, şu jumladan, aylanmasi (tuşumi) 1 milliard sömgaça bölgan yuridik şaxslar uçun mol-mulk soliği, yer soliği va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliqni tölaş belgilangan. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Şunga muvofiq, soliq sohasida amaliyotga joriy etilgan mutlaqo yangi mexanizmda ham bunga alohida e'tibor berilgan. Ya'ni yuridik şaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi avvalgiday 5 foiz emas, 2 foiz qilib belgilandi.
Xöş, mazkur tartibning kiritilişi qanday naf beradi? Bundan közlangan maqsad nima?
Bunday tartibning joriy etilişidan közlangan asosiy maqsad tadbirkorlarga qöşimça soliq soliş emas, aksinça mol-mulkidan unumli hamda oqilona foydalanişni ta'minlaş.
2019 yil 1 yanvardan boşlab mikrofirmalar va kiçik korxonalar işlovçilar soni va realizatsiya hajmlaridan qat'i nazar mol-mulk soliği tölovçilar bölişdi. Ilgari ular bu soliqni tölaşmagan. Yagona şart – soliq soliş obektining mavjudligi hisoblanadi. Soliq böyiça joriy tölovlar bor. Ular joriy tölovlar töğrisidagi ma'lumotnoma asosida tölanadi, kutilayotgan soliq summasi bir yil uçun soliq solinadigan mol-mulkning taxmin qilinayotgan örtaça yillik qiymati va soliq stavkalaridan kelib çiqib hisoblanadi.
Soliq kodeksiga asosan yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni tölovçilar quyidagilardir:
Özbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bölgan yuridik şaxslar – Özbekiston Respublikasining rezidentlari;
Özbekiston Respublikasi hududida öz mulkida köçmas mulkka ega bölgan yuridik şaxslar – Özbekiston Respublikasining norezidentlari.
Soliq kodeksiga muvofiq, yuridik şaxslardan olinadigan mol-mulk soliğining soliq soliş bazasiga quyidagilar kiradi:
– köçmas mulk böyiça – örtaça yillik qoldiq qiymati. Köçmas mulkning qoldiq qiymati uşbu mol-mulkning boşlanğiç (tiklaniş) qiymati bilan soliq tölovçining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab çiqilgan amortizatsiya hajmi örtasidagi farq sifatida aniqlanadi;
– normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan quriliş obektlari va işga tuşirilmagan asbob-uskunalar böyiça — tugallanmagan qurilişning va örnatilmagan asbob-uskunalarning örtaça yillik qiymati;
– Özbekiston Respublikasi norezidentlarining köçmas mulk obektlariga nisbatan uşbu mol-mulkning örtaça yillik qiymati soliq solinadigan bazadir.
Yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni tölaş realizatsiya böyiça aylanmaga boğliq emas. Uni soliq soliş obekti bölgan barça taşkilotlar tölaydi.
Mol-mulk soliği böyiça joriy tölovlar qaysi muddatlarda tölanadi?
Mikrofirmalar va kiçik korxonalar çorak oxirgi oyining 25-sanasigaça yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida joriy tölovlarni tölaydilar. Ya'ni 25 martgaça, 25 iyungaça, 25 sentyabrgaça va 25 dekabrgaça.
Mikrofirmalar va kiçik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq tölovçilar ularni har oyning 10-sanasigaça yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida tölaydilar. Agar siz 10-sana soat 24:00 gaça soliqni tölasangiz, qoidabuzarlik bölmaydi.
Normativ muddatda tugallanmagan quriliş obektlari böyiça mol-mulk soliği ikki baravar stavkada tölanadi.
Soliq davri mobaynida soliq tölovçilar yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq böyiça joriy tölovlar tölaydilar. Joriy tölovlar miqdori joriy soliq davrining 10 yanvarigaça (yangi taşkil qilinganlari esa davlat röyxatidan ötkazilgan sanadan e'tiboran öttiz kundan keçiktirmay) möljallanayotgan soliq solinadigan bazadan, ya'ni mol-mulkning örtaça yillik qoldiq qiymatidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib çiqqan holda hisoblanadi va ma'lumotnoma şaklida joydagi tuman (şahar) DSIga taqdim etiladi.
Ma'lumot örnida, poytaxtda joriy yilning 1 may holatiga jami 10 337 ta mol-mulk soliği tölovçilari röyxatga olingan bölib, ötgan yilga nisbatan 8 507 ta köpaygan. Natijada budjetga 411 mlrd. 626 mln. 69 ming söm mol-mulk soliği hisoblangan.
Toşkent şahar Sergeli tumanidan röyxatdan ötgan «IQBOL BARAKA TEX» mas'uliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli işlab çiqariş korxonasi joriy yildan mol-mulk soliği tölovçisiga aylandi hamda unga nisbatan 1 373,4 ming söm mol-mulk soliği hisoblandi.
Ya'ni mol-mulk soliği quyidagi formula orqali hisoblanadi:
MMS = CCB + SS
MMS = 68 667,6 ming söm * 2% = 1 373,4 ming söm.
Bunda:
MMS – mol-mulk soliği;
SSB – soliq solinadigan baza;
SS – soliq stavkasi.
Yuqoridagi misoldan kelib çiqib aytadigan bölsak, korxona 68 667,6 ming sömlik obekt uçun 1 373,4 ming söm mol-mulk soliği tölaydi.
Soliq solişning soddalaştirilgan va umumbelgilangan tizimida soliq tölovçilar örtasidagi soliq yuki darajasini tenglaştiriş, soğlom raqobat muhitini şakllantiriş hamda tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanişni ta'minlaş uçun barça tadbirkorlik sub'yektlariga yuridik şaxslardan olinadigan yer, mol-mulk va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliqlarini tölaş majburiyati joriy etildi, deyiladi xabarda.












