Toşkent [2019 yil 23 may] Huawei kompaniyasi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda har yillik «Seeds for the Future» loyihasining iştirokçilarini taqdirlaş marosimini ötkazdi. Uşbu loyiha doirasida özbekistonlik talabalar Xitoyga amaliy stajirovkaga yöl oladilar. Beş yildan buyon Huawei Özbekistonda uşbu loyihani amalga oşirib kelmoqda, har yili TATU talabalari Huawei kompaniyasining boş qarorgohida ötkaziladigan treninglarda qatnaşmoqdalar.
TATU bilan hamkorlikda Huawei “Seeds for the Future” loyihasi uçun 2019 yilning 31 mayidan 15 iyuniga qadar Xitoyda stajirovka ötaydigan 10 ta yaxşi talabani aniqladi. Stajirovka davomida talabalarga Huawei kompaniyasining innovatsion texnologiyalari namoyiş qilinadi va 5G tarmoğini örganiş, IoT yeçimlar, bulutli texnologiyalar, big data (katta hajmdagi ma'lumotlar) böyiça amaliy maşğulotlar ötkaziladi.

«Joriy yilda Özbekistondagi Huawei kompaniyasi beşinçi “Seeds for the Future” loyihasini işga tuşirdi. Beş yil davomida Xitoyda ötkaziladigan nazariy va amaliy maşğulotlarni öz içiga oluvçi ikki haftalik öqişga yuboriş maqsadida 50 nafar talaba tanlab olingan. Joriy yildagi dastur iştirokçilari Şençjen şahrida telekommunikatsiya tarmoqlarining işini va 5G, sun'iy intellekt, Big Data, buyumlar interneti kabi texnologiyalarning öziga xos xususiyatlarini örganadilar, şu bilan birga, Pekinda talabalar uçun Xitoy tili va mamlakat madaniyati böyiça maşğulotlar taşkil qilinadi. “Ötgan beş yilga qarab, talabalarning stajirovkasi behuda ketmagan deb ayta olamiz, hozirgi kunda dasturning bir neçta iştirokçilari Huawei kompaniyasida muvaffaqiyatli mehnatini davom ettirmoqdalar, 2018 yilgi “Seeds for the Future” talabalar guruhi esa bizning kompaniyamizda diplom oldi amaliyoti ötab bölişdi”, - deb ta'kidladi Davron Azizov, Özbekistondagi Huawei kompaniyasining korporativ kommunikatsiyalar böyiça boşliği.

“Seeds for the Future” – sayyoramizdagi 350 ta yetakçi OTMlarni öz içiga olgan global ta'lim dasturi. Dasturga 2008 yilda asos solingan bölib, ötgan davr mobaynida jahonning 125 ta davlati va mintaqalaridan 40 000 nafar inson unda qatnaşgan, 4725 nafar iştirokçiga esa Xitoyda stajirovka ötiş imkoniyati taqdim etilgan. Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Özbekistondagi Huawei kompaniyasining uzoq yillik va işonçli hamkori hisoblanadi. Huawei kompaniyasining aksariyat muhandislari va mutaxassislari mazkur universitet bitiruvçilaridir. Mana bir neça yildan beri, iste'dodli talabalarni rağbatlantiriş maqsadida kompaniya mazkur ta'lim dargohidagi yoş olimlarini qöllab-quvvatlab, universitetga homiylik yordamini ham körsatib kelmoqda.

“Yaqinda Huawei kompaniyasining tadqiqot markaziga amalga oşirgan taşrifi davomida mamlakatimiz Prezidenti AKT sohasidagi kadrlarni tayyorlaşda va mutaxassislar malakasini oşirişda Huawei kompaniyasi bilan hamkorlik qiliş lozimligiga urğu bergan edi. Köp yillar davomida biz ikki tomonlama hamkorlikni yölga qöygan holda bir qator loyihalarni amalga tatbiq etmoqdamiz. Bularga bizning universitetda HAINA akademiyasining oçilişi, “1000 AKT iste'dod“ va “Seeds for the Future loyihalarini misol qiliş mumkin. Mamlakatimizda AKT sohasidagi kadrlar potensialini oşiriş maqsadida biz xalqaro kompaniyalar, şu jumladan Huawei bilan kelgusi hamkorlikka umid bildiramiz” , dedi TATU rektori Tölqin Teşaboyev.

“Seeds for the Future” loyihasi tomonidan bölajak AKT va IT mutaxassislarni yanada kengroq qamrab oliş maqsadida Huawei kelgusi yilda bir neçta universitetlarda amaliyot dasturini yölga qöyiş niyatida.
Reklama huquqi asosida











