Şanxay örta darajadagi sudi ötgan yil iyun oyida «jamiyatdan öç oliş» maqsadida ikki nafar öquvçini piçoqlab öldirgan erkakni ölim jazosiga hukm qildi.

Hodisa 2018 yil 28 iyunda Syuexuey tumanidagi boşlanğiç maktab eşiklari yonida sodir bölgan. Piçoq bilan qurollangan erkak uç nafar maktab öquvçisi va ayol kişiga hujum qildi. Şifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramay, ikki nafar bola olgan jarohatlari tufayli nobud böldi.

Politsiya ötkinçilar yordamida gumonlanuvçini qölga oldi. Tajovuzkor 29 yoşli işsiz erkak bölib çiqqan. Politsiya bayonotiga köra, erkak iş topa olmaganligi sababli jamiyatdan öç olişga qaror qilgan.

Payşanba kuni Şanxayda sud hukmi e'lon qilindi. Sud ayblanuvçi Xuan Içunni ölim jazosiga hukm qildi va barça siyosiy huquqlardan umrbod mahrum etdi.

Sud-psixologik ekspertiza sudlanuvçi şizofreniya kasalligiga çalinganini aniqladi, mutaxassislar u bu holatda çeklangan jinoiy-huquqiy layoqatga ega ekani haqidagi xulosaga kelişdi. Biroq, sud jinoyatning oğirligi va xavfliligini hisobga olib, ölim jazosi töğrisida qaror qabul qildi.