2019 yil 18 may kuni Farğona şahri Quvasoy köçasida yaşovçi 43 yoşli N.A. uyida oilaviy janjal tufayli birga yaşagan 40 yoşli nikohsiz ayoli L.G.ning yuziga qöli bilan urgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada ayol boşi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan. Oqibatda L.G. 19 may kuni olgan tan jarohatlari tufayli uyida vafot etgan. 

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, N.A. uşlangan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.