AQŞning SpaceX kompaniyasi uçinçi urinişdan Falcon 9 raketasini Starlink loyihasining 60 ta sun'iy yöldoşi bilan birga uçirdi. Loyiha internet-trafikni uzatiş global tarmoğini yaratişga möljallangan.
Raketa Floridadagi Kanaveral burnida joylaşgan kosmodromdan mahalliy vaqt bilan 23 may soat 22:30da uçirilgan.
SpaceX’da ma'lum qilinişiça, sun'iy yöldoşlar 550 km balandlikka olib çiqiladi.
Raketa dastlab 15 may kuni AQŞning şarqiy sohilböyidan uçirilişi kerak edi, biroq start yomon ob-havo sababli qoldirilgan. Keyingi kungi parvoz qöşimça tekşiruv ötkaziş va sun'iy yöldoşlar dasturiy ta'minotini yangilaş zarurati sababli yana bekor qilingandi.












