«Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Reglamenti töğrisida»gi qonunga tuzatişlar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.
Parlament quyi palatasida vakolatlarni qayta taqsimlaş röy berdi. Qonunçilik palatasi spikeri şaxsan qonun loyihasini dastlabki tarzda körib çiqiş uçun mas'ul bölgan qömitani belgilaydi, unga va fraksiyalarga hujjatlarni topşiradi, şuningdek fikrlar, takliflar va xulosani taqdim etiş uçun muddat belgilaydi. Ilgari bu majburiyatlar palata Kengaşi vakolatiga kirgan.
Bundan taşqari, mas'ul qömita tomonidan qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qiliş yakunlariga köra Kengaşga körib çiqiş uçun kiritiş muddati endi qat'iy belgilangan – qonun loyihasi olingan kundan e'tiboran 2 oy. Kengaş endi boşqa (misol uçun, uzoqroq muddat) muddat belgilay olmaydi.
Jarayondan palata devoni xodimlari orasidan 3 kişidan iborat tarkibda tuzilgan, kelib tuşgan loyihalarni röyxatdan ötkaziş, Kengaş a'zolarini ular haqida xabardor qiliş va uşbu loyihalarni bundan keyin kuzatib boriş bilan şuğullangan Kengaş huzuridagi muvofiqlaştiruvçi guruh çiqarib taşlanadi. Tuzatişlardan kelib çiqib u tugatiladi degan xulosaga keliş mumkin.
Şuningdek, hujjatda Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi taşkil etilişi aks etgan.
Qonun 23.05.2019 yildan kuçga kirdi.
Parlamentda qonun loyihalarini körib çiqiş tartib-taomili özgardi












