Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Qirğiziston Sotsial-demokratik partiyasi raisi lavozimidan ketdi va partiyadagi a'zoligini töxtatdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.
Uşbu qaror partiyaning siyosiy kengaşi yiğilişida qabul qilingan. Atamboyev 26 maydan “Qirğiziston Respublikasi prezidenti faoliyati kafolatlari töğrisida”gi qonunga özgartirişlar kuçga kirişi sababli öz vakolatlarini topşirgan.
Qonunga özgartirişlar 16 may kuni imzolangan. Unga köra, sobiq prezident hokimiyat organlarida siyosiy yoki maxsus davlat lavozimlari, siyosiy partiyalar rahbariyatlarida boşqa lavozimlarni egallay olmaydi yoki siyosiy taşkilotlar faoliyatida iştirok eta olmaydi.
Sobiq prezident bu çeklovlarga amal qilmasa, u qonunda közda tutilgan barça kafolatlar hamda moddiy va boşqa ta'minotlardan mahrum etiladi.
Partiya raisi vazifasini bajaruvçi etib Asel Koduranova tayinlangan.
Qirğiziston Sotsial-demokratik partiyasi Qirğizistonning eng yirik siyosiy partiyasi hisoblanib, 1993 yil sentyabrda taşkil topgan. Partiyaning asosçisi va yetakçisi Atamboyev bölgan. Ayni vaqtda partiya mamlakat parlamentida eng köp mandatga ega. Amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekov prezident lavozimiga aynan uşbu partiyadan nomzodi ilgari surilgan.












