2018 yilda Ilon Mask Tesla kompaniyasidagi işi uçun olgan haq 2,28 mlrd dollarni taşkil etdi, bu uni AQŞdagi eng köp haq oluvçi kompaniya rahbariga aylantirdi, deb yozadi The New York Times gazetasi.

NYT röyxat tuzişda oylik maoş, bonuslar, qöşimça haq hamda aksiyalar uçun olinadigan tölovlarni hisobga olgan.

Naşrning yozişiça, Maskning Tesla’dagi daromadi bir yil ilgarigiga qaraganda 45 ming martaga oşgan. Şu bilan birga uning maoşi atigi 55 ming dollarni taşkil etgan, qolgan daromad kompaniya aksiyalari uçun olinadigan tölovlardan iborat.

Amerikadagi eng köp haq tölanadigan kompaniya rahbarlari röyxati quyidagiça böldi:

Tesla boş direktori Ilon Mask, $2,28 mlrd.

Discovery Inc. prezidenti va CEO (boş ijroçi direktor) Devid Zaslav, $129 mln.

Palo Alto Networks CEO Naykş Arora, $125 mln.

Oracle direktorlar kengaşi a'zosi Maykl Xerd, $108 mln.

Oracle boş direktori Safra Kats, $108 mln.

T-Mobile US boş direktori Jon Lejyer, $67 mln.

The Walt Disney prezidenti va CEO Robert Ayger, $66 mln.

PTC prezidenti va boş direktori Jyeyms Xeppelmann, $50 mln.

Estée Lauder prezidenti Fabritsio Frida, $48 mln.

J2 Global SEO Vivek Şax, $45 mln.

AQŞda 2018 yilda eng yuqori örtaça maoş Celgene biotexnologiya kompaniyasida berilgan  — yiliga $263 ming. Keyingi örinlarda Vertex Pharmaceuticals biofarmatsevtika kompaniyasi ($232 ming), Facebook ($228 ming), Palo Alto Networks ($223 ming), Alexion Pharmaceuticals ($223 ming) va Netflix striming-servisi ($202 ming).