Xalq deputatlari Samarqand şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Şu vaqtgaça Samarqand şahar prokurori vazifasida işlab kelgan Oblaqulov Boburmirzo Salomoviç Samarqand şahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Bu haqda sessiyada qatnaşgan Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Boburmirzo Oblaqulov 1972 yil Kattaqörğon tumanida tuğilgan bölib, Samarqand şahar prokurorligidan oldin Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, Samarqand viloyat prokuraturasida faoliyat körsatgan, Past Darğom, Oqdaryo tumanlarida prokuror lavozimida işlagan.
Eslatib ötamiz, Samarqand şahrining oldingi hokimi Furqat Rahimov 23 may kuni Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari etib tayinlangandi.








