Murakkab operatsiyalarni muvaffaqiyatli bajarib kelayotgan «EZGU NIYAT» klinikasi yevropalik yetakçi kardiojarrohlar safini kengaytirdi. Endi nafaqat kattalar, balki bolalarda ham yurak jarrohlik amaliyotlari doimiy ravişda bajariladi.

 

Yevropa standartlari asosida barpo etilib, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan «EZGU NIYAT» köp tarmoqli tibbiyot markazida, xorijda işlab kelgan mahalliy mutaxassislardan taşqari, yevropalik yetakçi kardiojarrohlar ham faoliyat yuritişmoqda. Xususan, «Yevroosiyo yuragi» Fondi rahbari, şveysariyalik maşhur kardiojarroh, professor Paul Fogt va rossiyalik kardiojarroh, professor Sergey Pavloviç Marçenko şular jumlasidandir. Yurtimizning yetakçi kardiojarrohlari safi yana kengaymoqda – joriy yilning iyun oyidan yana bir mutaxassis, Daniyada bir neça yillar davomida işlab kelayotgan özbekistonlik yetakçi kardiojarroh Ahmad Rustamoviç Irmuhammedov ham öz faoliyatini boşlamoqda.

Statistik ma'lumotlarga köra, dunyoga kelgan çaqaloqlarning 1 foizi tuğma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelar ekan. Bunday yurak xastaliklari mavjud bolalar mamlakatimizda ham talaygina. Köpçilik ota-onalar ularni davolaş uçun xorijga katta mablağlar evaziga olib borişga majbur bölişmoqda. Endi esa «EZGU NIYAT» klinikasida şveysariyalik maşhur kardiojarroh, professor Paul Fogt nafaqat kattalar, balki 2 yoş va undan yuqori bolalarda ham murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajaradi. Bolalarda yurak jarrohligining birinçi bosqiçi 2019 yilning 3-18 iyunga qadar bölib ötsa, sentyabr oyidan muntazam ravişda bajariş tölaqonli yölga qöyiladi.