Leningrad oblasti politsiyasi Özbekistondan kelgan ayolni öldirganlikda gumon qilinayotgan şaxsni aniqladi. U ayolning vatandoşi bölib çiqdi. Fojiaga özaro janjal sabab bölgan.

Peterburg OAV xabariga köra, may oyining örtalarida Sinyavino-1 yaqinidagi Murmansk şossesi yonida xandaqdan topilgan ayolni öldirganlikda öz vatandoşi gumonlanmoqda.

Ma'lum bölişiça, ayol 42 yoşda, tanişi esa 24 yoşda bölgan. Dastlabki versiyaga köra, 2 may kuni ular keçki payt Peterburgdagi Prajskaya köçasida joylaşgan uyda birga bölişgan. Örtada qandaydir janjal kelib çiqqan va vaziyat fojia bilan yakun topgan.

Ayol örmonga olib borilib, tayoq bilan urib öldirilgan. Zarbalar izi asosan boş qismida qayd etildi.

Leningrad oblasti Tergov qömitasi tomonidan qotillik holati böyiça jinoyat işi oçildi. Gumonlanuvçi qölga olingan.